6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


MAXSUS KONSTRUKSION POʻLATLAR


Download 0.97 Mb.
bet16/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

MAXSUS KONSTRUKSION POʻLATLAR

Maxsus poʻlatlarga koʻp legirlangan (10% dan ortiq), korroziyabardosh, olovbardosh, otashbardosh, yeyilishga chidamli kabi alohida xossalarga ega boʻlgan poʻlatlar.


Korroziyaga chidamli poʻlatlar. Korroziyaga chidamli (yoki zanglamaydigan) poʻlatlar deb, agressiv muhitlarda yuqori kimyoviy barqaror boʻlgan poʻlatlarga aytiladi. Korroziyaga chidamli poʻlatlar kam yoki oʻrtacha uglerodli poʻlatlarni xrom, nikel, titan, alyuminiy, marganes bilan legirlab olinadn. Korroziyaga qarshi xossalar poʻlatga koʻp miqdorda xrom yoki xrom va nikel qoʻshib hosil qilinadi. Xromli va xrom-nikelli poʻlatlar keng tarqalgan.
Xromli poʻlatlar arzon turadi, lekin xrom-nikelli poʻlatlarning korroziyabardoshligi yuqori. Zanglamayligan poʻlatda xrom miqdori kamida 12% (7-jadval) shi kerak. Xrom miqdori koʻrsatilgandan kam boʻlganda korroziyaga qarshilik koʻrsatadi, chunki uning elektrod potensiali manfiy boʻlib  qoladi.
Poʻlatlarning korroziyaga chidamliligi kerakli termik va mexanik ishlov berishlardan keyin ortadi. Masalan, 12X13 poʻlatining korroziyabardoshligi moyda (+1000...+1100°S) toblanib, boʻshatilgach (+700...+750°S) va jilolangach yaxshilanadi. Bu poʻlat kuchsiz agressiv muhitlar (suv, bugʻ)ga chidamli. 40X13 poʻlati +1000...1050°S haroratli moyda toblanib, +180...+200°S da boʻshatilib, sirti silliqlangach ishlatiladi. Termik ishlov berilgandan keyin bu poʻlatning qattiqligi ortadi (NKS 52—55).
12X17 poʻlati yana-da korroziyabardoshroq (kislotali muhitlarda ham). Payvandli konstruksiyalar uchun bu poʻlat tavsiya etilmaydi, chunki payvandlash vaqtida poʻlat +900...+950°S dan yuqoriroq qizdirilib, tez sovutilganda (payvandlashda) uning sirtidagi zarralarda xrom kamayadi (12% dankam). Bu zarralar chegarasida xrom karbidi ajralib chiqishi bilan tushuntiriladi. Natijada kristallararo korroziya yuzaga keladi.
Kristallararo korroziya metallarning austenit zarralari chegarasi boʻylab korrozion yemirilishning alohida, juda xavfli koʻrinishidir. Austenit zarralari chegara uchastkalarida xrom kamayishi hisobiga elektroximiyaviy potensial kamayganda va korroziyalovchi muhit mavjud boʻlganda zarralar chegarasi anodga aylanib qoladi.
Bu turdagi korroziya oldini olish uchun titan bilan legirlangan 08X17T poʻlati ishlatiladi. 08X17T poʻlati qanday maqsadlarda ishlatilsa, 12X17 poʻlati ham shunday maqsadlarda, shuningdek payvand konstruksiyalarda ham ishlatiladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling