6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar
Marganes miqdori koʻp boʻlgan G13L
Download 0.97 Mb.
|
металл материаллар машинасозликда
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻta mustahkam choʻyanlar.
Marganes miqdori koʻp boʻlgan G13L poʻlat tarkibida 1,2%S va 13% Mp boʻladi. U temir yoʻl krestovinalari, gusenitsa zvenolari va hokazolar tayyorlashda ishlatiladi. Bir fazali austenit strukturasiga ega boʻlganda bu poʻlatning yeyilishga chidamliligi maksimal qiymatga yetadi. Bunga poʻlatni +1000...+1100°S haroratda toblab va havoda sovutib erishiladi. Toblangan poʻlatning qattiqligi kam (NV 200), kuchli puxtalangandan soʻng uning qattiqligi NV 600 gacha oshadi.
Oʻta mustahkam choʻyanlar. Temir-uglerod qotishmasi tarkibidagi uglerod miqdori 2,14% dan koʻp boʻlgan qotishmalar shartli ravishda choʻyanlar deb ataladi. Choʻyanlar tarkibida poʻlat tarkibiga qaraganda qoʻshimchalar (kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt) koʻp buladi. Shuning uchun choʻyan xossalari ana shu qoʻshimchalar miqdoriga bogʻliq boʻladi. Kulrang choʻyanlar keng tarqalgan va poʻlatlar qoʻllaniladigan konstruksion material hisoblanib, ular arzon va quyilish xususiyatlari yuqori boʻlganligi uchun statsionar va transport mashinalari korpus detallarida keng koʻlamda qoʻllaniladi. Kulrang choʻyanlarni kamchiligi, bu mustaxkamligi oz, moʻrt. Hozirgi vaqtda yuqori mustahkam choʻyanlar olinadi, yaʼni legirlangan (Mg,Mn,Cr va boshqa elementlar bilan). Yuqori mustahkam choʻyanni kimyoviy tarkibi quyidagicha: 3,4 – 3,6% S; 2-2,2 % Si; 0,03-0,06 % Mg; 0,15-0,25 % Sr; 1,15-1,3 % Mn; 0,005 S va 0,12 % P. gacha. Choʻyanlarga termik ishlov berish quyidagicha: 6-8 soat oraligʻida ushlab turish bilan +9500C.da normallash va 30-60 0 S/ min tezlikda sovutish. Sungra 8 soat mobaynida +700-+7200 .S da qizdirib boʻshatish va ochiq havoda sovutish. Hozirgi davrda yuqori mustahkam choʻyanlardan ogʻir sharoitda ishlovchi oʻta yuklangan detallar ham tayyorlanadi. Masalan, choʻyandan ishlangan tirsakli vallar shtamplash usuli bilan tayyorlangan vallardan bir necha marta afzal. Yuqori mustahkam choʻyanlar kulrang choʻyanlarga nisbatan quyish sifati ancha past (kulrang choʻyanda choʻkish (usadka) 0,8-1,2 %, yuqori mustahkam choʻyanda esa 1,3-1,8 %). Ammo yuqori mustahkam choʻyanlar quyma poʻlatlarga nisbatan yaxshi quyiladi. Kulrang choʻyanlarni markalash uchun 1412-85 GOST belgilangan. Bunday choʻyanlar qattiqligi 143—255 NV atrofida boʻlib, mustaxkamligi esa tamgada sonlar bilan koʻrsatiladi. Ferrit xamda ferrit-perlit asosidagi kulrang choʻyanlar (SCH10, SCH15, SCH18) dan kam yuk koʻtaradigan mashina va uskuna vositalari, qurilish konstruksiya elementlari tayyorlanadi. Perlit asosidagi choʻyanlarning qattiqligi 240—270 NV atrofida boʻladi. Bunday choʻyanlar avtomobilsozlikda, qishloq xoʻjaligi mashinalarining qismlari, toʻqimachilik sanoati uskunalari, ishqalanish, zarb hamda oʻzgaruvchan kuch taʼsirida ishlaydigan vositalarni tayyorlashda ishlatiladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling