Prokatlangan poʻlat mahsulotlar:
1-davriy dumaloqlangan poʻlat (armatura); 2-quvurlar; 3-toʻrtburchak profilli ichi boʻsh prokat; 4-burchaklik (teng tomonli emas); 5-poʻlat polosa; 6-varaqli poʻlat (listovoye); 7-oltiburchakli profil (shestigrannik); 8-yaxlit toʻrtburchak profil (kvadrat); 9-shveller; 10-doira (kruglyak).
Bulardan tashqari metallurgiya sanoatida qoʻshtavrli toʻsinlar ( -simon balkalar), relslar, tavrli (T-simon), Z-simon, teng tomonli burchaklik, uchburchak va boshqa shakldor prokatlar ishlab chiqariladi (pastdagi rasmga qarang):
Kimyoviy tarkibiga koʻra poʻlatlarning tasniflanishi.
Kimyoviy tarkibiga koʻra poʻlatlar uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Xossalari asosan uglerod miqdoriga borliq boʻlgan poʻlat uglerodli poʻlat deb ataladi. Uglerodli poʻlatlar uglerod miqdoriga qarab kam uglerodli (0,25% gacha S), urtacha uglerodli (0,25- 0,6% S) va koʻp uglerodli (0,6% dan koʻp) xillarga boʻlinadi.
Legirlangan poʻlat deb, kerakli xossali poʻlat olish uchun tarkibiga maxsus elementlar qushilgan poʻlatga aytiladi. Qoʻshilgan legirlovchi elementlar miqdoriga karab legirlangan poʻlat uchta gruppaga boʻlinadi:
kam legirlangan (legirlovchi elementlarining umumiy miqdori 2,5% gacha boʻlgan), oʻrtacha legirlangan (legirlovchi elementlari 2,5 dan 10% gacha boʻlgan) va yuqori legirlangan (legirlovchi elementlari 10% dan ortiq boʻlgan) poʻlat.
Kiritilgan elementlarga qarab poʻlatlar xromli, marganesli, xrom-nikelli va hokazo xillarga boʻlinadi.
Vazifasiga koʻra tasniflanishi.
Vazifasiga karab poʻlatlar konstruksion, asbobsozlik hamda maxsus xossalarga ega boʻlgan poʻlatlarga boʻlinadi.
Konstruksion poʻlatlar mashina detallari, priborlar va qurilish konstruksiyasi elementlarini tayyorlashda ishlatiladigan poʻlatlarning katta gruppasini tashkil etadi. Konstruksion poʻlatlarning sementatsiya qilingan, sifatli, avtomat, mustahkamligi yuqori boʻlgan hamda ressora-prujinalar uchun moʻljallangan xillari boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |