1. Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlar
Guruh-lar
|
Yetkazib beriladi-gan holatdagi kafo-latlangan
xossalari
|
Markalari (oksidsizlantirilish dara-jasini hisobga olgan holda)
|
Kategoriyalari
|
A
|
Mexanik xossalari
|
St0, St1kp, St1ps,St1sp,St2kp, St2ps, St2sp. StZkp, StZps, SlZsp, StZGps, St4kp, St4ps, St4sp, St5ps, St5ps, StbGps,
Stbps, Stbsp
|
1,2,3
|
B
|
Kimyoviy tarkibi
|
BStO, BStsp, BStkp, BSt2kp, BSt2ps, BStZkp,BStZps,BStZsp, BS ZGps, BSt4kp, BSt4ps, BStbps, BStbsp
|
1,2
|
V
|
Mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi
|
VSt1kp, VSt1ps, VSt1sp, VO 2kp,VSt2ps, VSt2sp, VStZkp, VStZps, VStZsp, VStZGps, VSt4kp, VS4kp, VSt4sp, VSt5ps,
|
1,2,3 4,5,6
|
Poʻlatning markasi nomeridan oʻng tomonda turuvchi indekslar quyidagi maʼnolarni bildiradi: kp - qaynaydigan, ps - chala qaynaydigan, sp - qaynamaydigan poʻlat. Indeks bilan marka nomeri orasida G harfi boʻlsa, marganes miqdori koʻp ekanligini bildiradi. Marka belgilarida St harflaridan chap tomonda turuvchi harflar (B va V) poʻlat gruppasini koʻrsatadi.
Meʼyorlanadigan koʻrsatkichlariga (kimyoviy tarkibi va mexanik xossalariga) qoʻyiladigan talablariga koʻra oddiy sifatli poʻlatlar kategoriyalarga boʻlinadi. Poʻlatning kategoriyasi oksizsizlantirilish darajasi indeksining oʻng tomonida turgan raqam bilan belgilanadi, masalan ST51psZ quyidagilarni bildiradi: A gruppadagi poʻlat, markasi Stb, marganes miqdori koʻp, chala qaynaydigan, uchinchi kategoriyali.
Maʼlum kategoriyadagi poʻlatga uning oksidsizlantirilish darajasini koʻrsatmasdan buyurtma berilganida kategoriyasi marka nomeridan keyin tire orqali yoziladi, masalan, St4-3. Birinchi kategoriyadagi poʻlat kategoriya nomerini koʻrsatmasdan yoziladi, masalan, St4ps. A gruppadagi poʻlatlarning kimyoviy tarkibi ularning mexanik xossalarini cheklamaydi, balki kafolatlaydi (2-jadval). Bu gruppadagi poʻlatlar, odatda, qizdirib ishlov beriladigan detallar tayyorlashda (payvandlab, bolgʻalab va hokazo) foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |