Sementitlangan legirlangan poʻlatlar (GOST 4543-71). Sementitlangan poʻlatlar - kam uglerodli (0,257% gacha S), kam (2,5% gacha) va oʻrtacha legirlangan (legirlovchi elementlarning umumiy miqdori 2,5-10%) poʻlatlardir. Bu poʻlatlar ishqalanish sharoitida ishlaydigan hamda zarbiy va oʻzgaruvchan yuklanishlar tushadigan mashina va priborlarning detallarini
4. Sementitlangan legirlangan poʻlatlar
Markasi
|
Choʻzilish
dagi mustah
kamlik chegarasi bβ MPa
|
Nisbiy
choʻzilishi 6,%
|
Zarbiy
qovushqoq-
ligi
KS. MJ/m2
|
Ishlatilishi
|
kamida
|
15XA
|
700
|
12
|
0,7
|
Oʻrtacha bosim va tezliklarda ishkalanish sharoitida ishlaydigan kichik detallar tayyorlashda
|
18XG 25XGM
|
900
1200
|
10
10
|
0,8
|
Yuqori bosim, katta tezlik va zarbiy yuklanish ostida ishlaydigan muhim detallar tayyorlashda
|
20XN 20X2N4A
|
800
|
14
|
0,8
|
Katta yuklanish tushadigan yirik muhim detallar tayyorlashda
|
18X2N4
MA
|
1150
|
12
|
1,0
|
Vibratsion va dinamik yuklanish ostida katta tezliklarda ishlaydigan katta yuklanish tushadigan oʻta muhim va yirik detallar tayyorlashda
|
tayyorlash uchun moʻljallangan (4-jadval). Bunday detallarning ishga layoqati metall oʻzagining va tashqi qatlamining xossalariga bogʻliq. Sementitlangan poʻlatlarning sirti uglerodga toʻydiriladi (sementitlanadi) va termik ishlov beriladi (toblanadi va boʻshatiladi). Bunday ishlov berish metallning sirti yuqori darajada qattiq boʻlishini (NKS 58-63) taʼminlangan holda metall oʻzagining kerakli qovushqoqligini, mustahkamligini saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |