Xossalari yaxshilanadigan legirlangan poʻlatlar (GOST 45,43-71). Ular oʻrtacha uglerodli (0,25-0,6%S) va kam legirlangan poʻlatlardir. Kerakli xossalarini (mustahkamligi, plastikligi, qovushqokligi) taʼminlash uchun bu poʻlatlarga (5-jadval) termik ishlov beriladi, yaʼni toblanadi va yuqori haroratda boʻshatiladi (+500...+600°S).
5. Xossalari yaxshilangan legirlangan poʻlatlar
Markasi
|
Choʻzilish-dagi mus- tahkamlik chegarasi
bv. MPa
|
Nisbiy
choʻzilishi
δ, %
|
Zarbiy
qovu-shqoqli-
gi KS,
MJ/m2
|
Ishlatilishi
|
kamida
|
40XS 40XFA
|
1250
900
|
12
10
|
0,35
0,9
|
Yuqori kuchlanishlarda va ishorasi oʻzgaruvchan yuklanishli sharoitlarda ishlaydigan kichik de-tallarni tayyorlashda
|
ZOXGSA
|
1100
|
10
|
0,5
|
Ishqalanish sharoitida ishlaydigan detallar hamda ishorasi oʻzgaruvchan yuklanish ostida va +200°S haroratgacha boʻlgan sharoitda ishlaydigan payvand kon-struksiyalar tayyorlashda
|
40XN2MA
|
1100
|
12
|
0,8
|
Murakkab shaklli yirik, katta yuklanish tusha-digan muhim detallar tayyorlashda
|
6. Yuqori mustahkamlikdagi legirlangan poʻlatlar
Markasi
|
Choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasi
bv. MPa
|
Nisbiy
choʻzilishi
δ, %
|
Zarbiy
qovushqoqli-
gi KS,
MJ/m2
|
Ishlatilishi
|
Kamida
|
Kompleks-legirlangan poʻlatlar
|
30XGSN2A 40XGSNZVA
|
1850/1650 2000/1850
|
13/9 11/12
|
55/0,62 0,45/0,5
|
Yuklanish keskin oʻzga-rib turadigan sharoitda ishlaydigan, koʻp yuklanish tushadigan ogʻir yuklangan juda muhim detallar (samolyotsoz-likda shassi va fyuzelyaj detallari) tayyorlashda
|
Martensit-eskiruvchi poʻlatlar
|
N12K15M10
N18K9M5T
|
2500
2100
|
6
8
|
0,3
0,5
|
Koʻp yuklanish tushadigan juda muhim detallar tayyorlashda
|
Eslatmalar; 1) +900°S da toblanib, +250°S da boʻshatilgandan keyingi mexanik xossalarining koʻrsatkichlari suratda, izotermik toblangandan keyingisi maxrajda. 2) Havoda toblangan va keyinchalik eskirtirilgan poʻlat uchun mexanik xossalarining koʻrsatkichlari.
Oʻta mustahkam legirlangan poʻlatlar. Xossalari yaxshilangan va sementitlangan poʻlatlarga termik ishlov berilgandan soʻng ularning mustahkamligi sp = 1300 MPg gacha va qovushqoqligi KS - 0,8-1,0 MJ/m2 gacha yetadi. Yangi hozirgi zamon mashinalarini yaratish uchun bunday mustahkamlik yetarli emas. Mustahkamlik chegarasi σ = 1500-2000 MPa boʻlgan poʻlatlar zarur. Bu maqsadlarda kompleks legirlangan va martensit-eskiruvchi poʻlatlar ishlatiladi (6- jadval).
Kompleks — legirlangan poʻlatlar oʻrtacha uglerodli (0,25—0,6%S), legirlangan, kam boʻshatilib, termik mustahkamlanadigan yoki termomexanik ishlov beriladigan poʻlatlardir.
Martensit-eskiruvchi poʻlatlar-temirning nikel, kobalt, molibden, titan, xrom va boshkr elementlar bilan hosil qilganuglerodsiz (koʻpi bilan 0.03S) qotishmasidir. Ular yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan legirlangan poʻlatlarning yangi sinfini hosil qiladi.
Martensit-eskiruvchi poʻlatlar +800-+860°S dan boshlab havoda toblanadi va +450...+500°Sda eskirtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |