6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


Nikel eng qimmatli legirlovchi elementda boʻlib, poʻlatga 1 dan 5% gacha miqdorda kiritiladi. Marganes


Download 0.97 Mb.
bet8/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

Nikel eng qimmatli legirlovchi elementda boʻlib, poʻlatga 1 dan 5% gacha miqdorda kiritiladi.
Marganes poʻlatga 1,5% gacha miqdorda kiritiladi. U ferrit bilan sementit orasida u -taqsimlanadi. Nikel poʻlatning oquvchanlik chegarasini oshiradi, lekin poʻlat oʻta qizdirilishga sezgir boʻlib qoladi. Shuning uchun zarralarni maydalash maqsadida poʻlatga nikel bilan birgalikda karbid hosil qiluvchi elementlar ham kiritiladi. Kremniy karbid hosil qiluvchi element hisoblanmaydi va u poʻlatga cheklangan miqdorda 2%) gacha kiritiladi. U poʻlatning oquvchanlik chegarasini oshiradi, uning miqdori 1% dan oshib ketganda poʻlatning qovushoqligi kamayadi va sovuqda sinuvchanligi ortadi.
Molibden va volfram karbid hosil qiluvchi elementlar hisoblanib, sementitda koʻp qismi eriydi. Molibdenning 0,2-0,4% va volframning 00,8-1,2% miqdori kompleks-legirlangan poʻlatlarda zarralarning maydalanishiga yordam beradi, qizdirilishini oshiradi va poʻlatning boshqa baʼzi xossalarini yaxshilaydi.
Vanadiy va titan kuchli karbid hosil qiluvchi elementlar hisoblanib, tarkibida xrom, marganes, nikel boʻlgan poʻlatga zarralarini maydalash uchun oz miqdorda (0,3% gacha V va 0,1% Ti) kiritiladi. Qizdirilganda maxsus qiyin eriydigan karbidlar hosil boʻlganligidan konstruksion poʻlatlarda vanadiy, titan, molibden va volfram miqdori koʻp boʻlishiga yoʻl quyilmaydi. Ortiqcha karbidlar zarralar chegarasi boʻylab joylashganligidan moʻrt sinishga sabab boʻladi va poʻlatning qizdirilishini kamaytiradi.Poʻlatning qizdirilishini oshirish uchun juda oz miqdorda (0,002-0,005%) bor qoʻshiladi.


Legirlangan poʻlatlarni markalash.

Legirlangan sifatli poʻlat markasi xarflar va poʻlatning ximiyaviy tarkibini bildiruvchi raqamlar bilan belgilanadi. Legirlovchi elementlar quyidagicha belgilanadi (GOST 4547- 71): xrom (X), nikel (N), marganes (G), kremniy (S), molibden (M), volfram (V), titan (T), alyuminiy (Yu), vanadiy (F), mis (D), bor (R), kobalt (K), niobiy (B), sirkoniy (S). Harfdan keyingi raqam legirlovchi elementning protsentlardagi miqdorini koʻrsatadi. Agar raqam yozilmagan boʻlsa, legirlovchi element 1,5% gacha boʻladi. Konstruksion sifatli legirlangan poʻlatlarda dastlabki ikkita raqam poʻlat tarkibidagi uglerod miqdorining protsentning yuzdan bir ulushini bildiradi. Bundan tashqari yuqori sifatli legirlangan poʻlatlarning markasi soʻngida A, juda sifatli poʻlatlarnikida esa Sh harfi yoziladi. Masalan, markasi 30XGSN2A boʻlgan poʻlat tarkibida 0,30% uglerod, 1% gacha xrom, marganes, kremniy va 2% gacha nikel boʻlgan yuqori sifatli legirlangan poʻlat ekanligini bildiradi. Markasi 95X18Sh boʻlgan poʻlat vakuumlangan elektroshlak usulida qayta suyuqlantirilgan, tarkibida 0,9—1,0% uglerod, 17—19% xrom, 0,030% fosfor va 0,015% oltingugurt boʻlgan juda sifatli poʻlatni bildiradi.


Legirlangan konstruksion poʻlatlar sementitlangan, yaxshilangan va oʻta mustahkam xillarga boʻlinadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling