6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar
AYRIM ASBOBSOZLIK MATERIALLARINING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI
Download 0.97 Mb.
|
металл материаллар машинасозликда
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta zarbiy yuklanishlar tu shadigan asboblar
- Qizdirib deformatsiyalangan bolgʻa shtamp
AYRIM ASBOBSOZLIK MATERIALLARINING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI
AYRIM METALLKERAMIK QOTISHMALARNING TARKIBI VA ISHLATISH SOHALARI Oʻlchov asboblarini tayyorlashda kimyoviy tarkibi GOST 5950—73 da koʻrsatilgan X, XVG va boshqa poʻlatlar ishlatiladi. Oʻlchash asboblari (ayniqsa, yuqori klass aniqligidagi asboblar) uchun toblangan asbob oʻlchovlarining oʻzoq muddat davomida asta-sekin oʻzgarishi muhim ahamiyatga ega. Bu ichki kuchlanishlarning kamayishi va qayta taqsimlanishi bilan bogʻliq. Shuning uchun oʻlchov asbobiga termik ishlov berishda kuchlanish holatini barqarorlashtirishga katta ahamiyat beriladi. Bunga +120...+130°S temperaturada 15—20 soat davomida past boʻshatish rejimi bilan hamda noldan past haroratlarda (-60°S gacha) ishlov berish bilan erishiladi. Yengil sharoitlarda ishlatiladigan kichik oʻlchamli (koʻndalang kesimi 25—30mmli), oddiy shaklli sovuqlayin deformasiya-langan shtamplar U10, U11, U12 markali uglerodli poʻlatlardan tayyorlanadi. Koʻndalang kesimi 75—100 mm li murakkab shaklli shtamplar hamda ancha ogʻir sharoitlarda ishlaydigan shtamplar chuqurroq qiziydigan X, XVG markali poʻlatlardan tayyorlanadi. Qattiqligi, yeyilishga chidamliligi yuqori, toblash jarayonida kam deformatsiyalanadigan asboblar tayyorlashda chuqurroq qiziydigan, yeyilishga chidamli poʻlatlardan, masalan, xrom miqdori koʻp boʻlgan poʻlat X12F1 (11 —12,5% Sg, 0,7—0,9%V) dan foydalaniladi. Katta zarbiy yuklanishlar tushadigan asboblar (pnevmatik zubilo, metallni sovuqlayin kesuvchi qaychilarning kesuvchi pichoqlari) ni tayyorlashda uglerod miqdori kam, qovushqoqligi katta boʻlgan 4XS, 6XS, 4XV2S kabi poʻlatlar ishlatiladi. Qizdirib deformatsiyalangan bolgʻa shtamplari 5XNM 5XGM, 5XNV poʻlatlardan tayyorlanadi. Bu poʻlatlardagi uglerod miqdori bir xil boʻlib (0,5—0,6%), xrom bilan legirlangan. Bunday miqdordagi uglerod kerakli darajada yuqori zarbiy qovushqoqlik olishga imkon beradi; xrom poʻlatning mustahkamligini va qizish qalinligini oshiradi. Bu poʻlatlarga ularning qovushqoqligini oshirish va qizishini yaxshilash maqsadida nikel qoʻshiladi. Volfram va molibden poʻlatning qattiqligi hamda issiqbardoshligini oshiradi, moʻrtligini kamaytiradi, zarralarini maydaroq qiladi, poʻlatning oʻta qizishiga moyilligini kamaytiradi. Marganes arzon legirlovchi element boʻlganligidan nikel oʻrniga ishlatiladi. Bolgʻa shtamplari yasashda ishlatiladigan poʻlatlar ancha chuqurroq qizishi bilan xarakterlidir. Masalan, 5XNM va 5XGM poʻlatlari 200—300 mm chuqurlikkacha qiziydi. ZX2V8F, 4X2V5MF va boshqa poʻlatlar ogʻir yuklanish tushadigan panda shtamplar, qaynoq holda siqib chiqarish teshiklari, matritsa va puansonlar tayyorlashda ishlatiladi. Shtamp poʻlatlarining baʼzi markalari bosim ostida quyish uchun press-qoliplar tayyorlashda ishlatiladi. Bunday poʻlatlarnnng issiqbardoshligiga katta talab qoʻyilib, toblanish chuqurligiga kam ahamiyat beriladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling