Xrom-n ikelli poʻlatlar tarkibida xrom va nikel koʻp, uglerod esa kam boʻlib, austenitli poʻlatlar klassiga kiradi. Austenitning bir fazali strukturasini hosil kilish uchun poʻlat (masalan, 12X18N9) suvda 1100 1150°S temperaturada toblanadi. Bunda poʻlatning mustahkamligi juda yuqori boʻlmasa ham, korroziyabardoshligi juda yuqori boʻladi.
Mustahkamligini oshirish uchun poʻlat sovuqlayin plastik deformatsiyalanadi. U sovuqlayin choʻzilgan list va lenta koʻrinishida turli detallar tayyorlashda ishlatiladi.
12X18N9 poʻlati qizdirilganda ferrit klassidagi xromli poʻlatga oʻxshash kristallararo korroziyaga moyil. Kristallararo korroziya paydo boʻlishiga xuddi yuqoridagidek, austenitdan xrom karbidi ajralib chiqishi tufayli sirtqi zonalardagi zarralarda xrom kamayadi (12% kam boʻlib qoladi). Kristallararo korroziyaning oldini olish uchun poʻlat titan bilan legirlanadi (masalan, 12X18N9T poʻlati) yoki undagi uglerod miqdori kamaytiriladi (masalan, 04X18N10 poʻlati).
Austenit klassidagi xrom-nikelli zanglamaydigan poʻlatlar xromli poʻlatlarga nisbatan korroziyaga bardoshliroq. Ular ximiya, neft, oziq-ovqat sanoatida, avtomobilsozlikda, transport mashinasozligida, qurilishda keng ishlatiladi.
Qimmat turadigan nikelni tejash maqsadida, u qisman marganes bilan almashtiriladi. Masalan, 12X18N9 poʻlati urniga 10X14G14NZ poʻlati tavsiya etiladi. Austenit-martensitli poʻlat klassidagi 09X15N8Yu poʻlati ogʻir yuklanish tushadigan detallar tayyorlashda ishlatiladi. Austenit-ferrit klassidagi 08X21N6M2T poʻlati sirka kislotali sulfat hamda fosfat kislotasi kuchli agressiv muhitlarda ishlaydigan detal va payvandlangan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
7. Baʼzi zanglamaydigan poʻlatlarning kimyoviy tarkibi,%
Do'stlaringiz bilan baham: |