6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


Kulrang choʻyanlarning mexanik xossalari


Download 0.97 Mb.
bet20/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

Kulrang choʻyanlarning mexanik xossalari



Kulrang choʻyanning choʻzilish va egilishdagi mexanik xossalari

Kulrang choʻyanni buralishdagi mexanik xossalari

Kulrang choʻyanni siqilishdagi mexanik xossalari

Kulrang choʻyan mustahkamligi (σV) va qattiqligi (NV)ni uning devorlari qalinligiga bogʻliqligi.







4. MAXSUS LEGIRLANGAN CHOʻYANLAR
Legirlovchi elementlar choʻyan strukturasi, yaʼni metall asos, grafit shakli va oʻlchamlariga taʼsir koʻrsatadi. Natijada choʻyanlar maxsus xossalarga ega boʻlishi mumkin. Legirlovchi elementlarni qoʻshish bilan ishqalanishga chidamli, korroziyabardosh, olovbardosh kuyindi hosil qilishga bardoshli legirlangan choʻyanlar olinadi (7769—82 GOST). Qumtuproq sharoitida ishlatiladigan ishqalanishga chidamli choʻyanlar nikel (3,5—5%) va xrom (0,8%), titan, mis, vanadiy, molibden kabi bir qancha qoʻshimcha elementlar bilan legirlanadi. Bunday materiallar ishqalanish juftlarida moysiz ishlay oladi. Bulardan, avtomobillarning tormoz barabani, harakatni ulash vositalari, silindr gilzasi kabi qismlar yasaladi. Xrom miqdori yuqori boʻlgan (CHX9N5, CHX16M2, CHX22, 4X28D2) choʻyanlardan qattiq materiallarni maydalaydigan uskuna vositalari, CHN4X2 choʻyandan abraziv muhit sharoitida katta kuchlanish ostida ishlaydigan tegirmon uskunalari va vositalari tayyorlanadi Olovbardosh legirlangan choʻyanlardan (CHX2, CHXZ) metallurgiya sanoatida aglomerat mashinalarining kolosniklari, kimyoviy muhitda ishlaydigan korroziyabardosh uskunalari, quvurlari kabi qismlar tayyorlanadi Bunday choʻyanlar +600O S (CHX2) va +700O S (CHXZ) da ham xossalarini yoʻqotmay ishlay oladi. Bundan ham yuqori temperaturalarda ishlay oladigan CHROXSH (+650°S), Ch107X2 (+750°S), CHX16 (+900°S), Ch10ZO (+1100°S) legirlangan choʻyanlar ham mavjud. Bunday choʻyanlardan metallurgiya sanoatida pech armaturalari, metallni yupqa joʻvalaydigan uskunalarning vositalari, shisha ishlab chiqarish sanoati uskunalari kabi uskunalar tayyorlanadi. Yuqori temperaturada mustahkamligi katta boʻlgan sharsimon grafitli CHNMSH, 4N11G7X2Sh, Ch19XZSH choʻyanlar +500...+600°S temperaturada ishlay oladi. Ulardan dizel, kompressor uskunalari, gaz turbinalari qismlari tayyorlanadi. Kam legirlangan Ch1, CHNXT, CHNXMD, CHN28 kabi choʻyanlardan ishqoriy ham korrozion gaz va havo muhitida ishlaydigan mashinalarning qismlari tayyorlanadi (porshen halqasi, ichki yonuv dvigatellarining bloklari, dizel va kompressorlarning qismlari) Ayniqsa, kislotali va ishkoriy muhptda kremniy bilan legirlangan (CHS13, CHS15, CHS17) choʻyan yaxshi ishlaydi. Yuqori temperatura (+1100...+1150°S) dagi kislota, ishqor, tuz eritmalarda yoki agressiv gaz muhitlarida ogʻir yuk koʻtara oladigan mashina vositalari CHX28, CHX34 choʻyanlardan tayyorlanadi. Ishqalanish juftlarining materiali sifatida kulrang, yuqori mustahkam va bolgʻalanuvchan, legirlangan choʻyanlar keng qoʻllaniladi (Ch4S-1, A4S-2, A4V-1, A4V-2, A4K-1, A4K-2).



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling