6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


RANGLI METALLAR VA QOTISHMALAR


Download 0.97 Mb.
bet22/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

RANGLI METALLAR VA QOTISHMALAR
Alyuminiy va uning qotishmalari.


Birlamchi alyuminiy (GOST 11060—74) uchta guruhga boʻlinadi: alohida toza (A999 markasi), yuqori darajada toza (toʻrtta markasi bor) va texnik toza alyuminiylar boʻladi. Yuqoridagi GOSTda 0,15—1% aralashmalar boʻlishiga ruxsat etilgan sakkizta alyuminiy markasi koʻrsatilgan. Markaning nomi alyuminiyning tozaligini bildiradi. Masalan, A8 markasi metallda 99,8%, A99 markasi esa 99,99% alyuminiy borligini bildiradi.
Texnik toza alyuminiy elektroliz vannalarida olinadi. Alyuminiy xom ashyosini elektrolitik rafinirlash yoʻli bilan yuqori tozalikdagi alyuminiy markasi olinadi.
Alyuminiy — kumushsimon oq rangdagi, elektr va issiqlik oʻtkazuvchanligi katta boʻlgan yengil metalldir; uning zichligi 2700 kg/m3, tozaligiga qarab suyuqlanish harorati +660...+667°S chegarada oʻzgaradi. Yumshatilgan alyuminiyning mustahkamligi kichik (σv = 80—100 MPa), qatiqligi past (NV 20—40), lekin plastikligi yuqori (σ=35-40%).
Alyuminiy bosim ostida yaxshi ishlanadi, payvandlanadi, lekin kesib ishlanishi yomon. Atmosfera va chuchuk suvda korroziyaga chidamliligi yuqori.
Havoda alyuminiy tez oksidlanib, yupqa pishiq oksid pardasi bilan qoplanadi. Bu parda esa metall qatlamiga kislorod oʻtkazmaydi va uni korroziyalalishdan saqlaydi.
Alyuminiyning boshqa metall va nometallar (mis, marganes, magniy, kremniy, temir, nikel, titan,berilliy va boshqalar) bilan qotishmalari konstruksion materiallar sifatida keng qoʻllaniladi. Alyuminiy qotishmalarida toza alyuminiyning yaxshi xossalari bilan birga legirlovchi qoʻshilmalarning yuqori mustahkamlik xossalari mujassamlashgan. Masalan, temir, nikel, titan alyuminiy qotishmalarining otashga chidamliligini oshiradi. Mis, marganes, magniy, alyuminiy qotishmalariga mustahkamlovchi termik ishlov berishni taʼminlaydi. Legirlash va termik ishlov berish natijasida alyuminiy­ning mustahkamligi σv 100 dan 500 MPa gacha, qattiqligi NV 20 dan 150 gacha oshadi. Barcha alyuminiy qotishmalari deformatsiyalanadigan va quymabop xillarga boʻlinadi.
Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari. Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari shtamplash, presslash, bolgʻalash orqali listlar, tasmalar, shakldor profillar, simlar va turli detallar olishda ishlatiladi. Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari kimyoviy tarkibiga koʻra 7 ta guruhga boʻlinadi; ularning tarkibida 2—3 ta va undan ham kuproq legirlovchi element boʻlib, har biridan 0,2—4% gacha boʻladi. Masalan, alyuminiyning, magniy va marganes bilan qotishmasi yoki alyuminiyning mis, magniy, marganes bilan qotishmasi shular jumlasidandir.
Deformatsiyalanadigan qotishmalar termik ishlash yoʻli bilan puxtalanadigan va puxtalab boʻlmaydigan xillarga boʻlinadi. Mexanik va termik ishlov beriladigan deformatsiyalanadigan qotishmalar ishlov berish xarakterini koʻrsatuvchi harflar bilan belgilanadi (9-jadvaldagi eslatmaga qarang).

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling