6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


Download 0.97 Mb.
bet26/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

Mar-kasi

Quyish
usuli

Termik ish­lov berish turi

Mustah-kamlik chegarasi σv MPa 

Qattiqligi,
NV

Ishlatilishi

AL2

ZM, VM,
KM, K,D ZM, VM, KM,K,D

Yumshatish

150—160 140 — 150

50
50

Kam yuklanish tushadigan de­tallar (priborlarning korpusi, kronshteynlar va hokazolar) da

AL4

Z, V, K, D,K,D ZM, VM K

Eskirtirish
toblash
va toʻla
eskirtirish

150
200
230

50
70
70

Yuklanish tusha­digan yirik de­tallar (kompresorlar, karterlar, bloklarning korpuslari) da

AL9

Z,V,K, D,Z,V, K.D.Z,
V, Zm, Vm

Yumshatish 
toblash toblash va toʻla 
eskirtirish

170
140
160

50
45
50

Oʻrtacha yuklanish tushadigan murakkab shakldagi detallar (silindrlar golovkasi, porshenlar, birikish muftasi, karter-lari va hokazolar) da

AL1
OV

K, Z

Eskirtirish

150—170

80 —
—90

Yuqori haroratda ishlaydigan detallarda

AL8

Z, V, K

Toblash

290

60

Vibratsion yuklanish qabul kiluvchi katta yuklanish tushadi­gan detallarda



MIS VA UNING QOTISHMALARI.

Mis shteynlari konvertorda suyuqlantiriladi, havo bilan puflanib, tarkibida 1—2% temir, rux, nikel, mishyak va boshqa aralashmalar boʻlgan xomaki mis olinadi. Xomaki mis qoʻshilmalardan tozalanadi (rafinirlanadi). Rafinirlangandan sung mis miqdori 99,5—99,99% ga yetadi (texnik toza birlamchi mis hosil boʻladi). Toza misning 11 ta markasi mavjud (M006, M06, M1b, M1U, M1, M1r, M1f, M2r, MZr, M2 va MZ). Eng yaxshi M006 mis markasidagi aralashmalarning umumiy yigʻindisi 0,01% ga, MZ. markasida esa 0,5% ga teng.


Toza pishirilgan misning mexanik xossalari quyidagicha: σv = 220 — 240 MPa, NV 40 — 50, σ - 45 — 50%. Toza mis elektrotexnika maqsadlarida ishlatiladi va sim, chiviq, tasma, listlar, polosalar hamda trubalar koʻrinishida ishlab chiqariladi. Mexanik mustahkamligi kam boʻlganligidan toza mis konstruksion material sifatida ishlatilmaydi, balki uning rux, qalay, alyuminiy, kremniy, marganes, qoʻrgʻoshin bilan qotishmasi ishlatiladi
Misni legirlab, mexanik, texnologik, ekspluatasion xossalari yaxshilanadi. Mis qotishmalarining uchta guruh boʻladi: latunlar, bronzalar va mis­ning nikel bilan qotishmalari.
Latunlar. Mis asosli ikkita yoki koʻp komponentli qotishmalarga latunlar deyiladi, ularda rux asosiy legirlovchi element hisoblanadi. Ruxdan boshqa elementlar kiritilganda, kiritilgan element nomi bilan ataluvchi maxsus latunlar hosil boʻladi, masalan, temir-fosfor-marganesli latunlar va hokazolar.
Misga qaraganda latunning mustahkamligi, korroziyaga chidamliligi katta, yaxshi ishlanadi (kesib, quyib, bosim ostida ishlanadi). Latun tarkibida 40—45% rux boʻladi. Rux miqdori bundan koʻp boʻlsa, latunning mustahkamligi kamayib, moʻrtligi ortadi. Maxsus latunlarda legirlovchi elementlar miqdori 7—9% dan oshmaydi.
Qotishma latunning bosh harfi L bilan belgilanadi. Undan soʻng qotishmaning asosiy tashkil etuvchilarining bosh harflari yoziladi: S — rux (sink), O — qalay (olovo), Ms—marganes, J— temir (jelezo), F — fosfor, B-berilliy va xokazo. Harfdan keyin keluvchi raqamlar legirlovchi elementlarning protsentda berilgan miqdorini bildiradi. Masalan, LAJMs 66-6-3-2 markali alyuminiy-temir-marganesli latun tarkibida 66%) mis, 6% alyuminiy, 3% temir, 2% marganes boʻlib qolgani ruxdan iborat.
Boshqa rangli metallar qotishmasiga oʻxshash latunlar ham texnologik belgilariga koʻra quymabop va deformatsiyalanadigan xillarga boʻlinadi. Qoʻymabop latunlar (GOST 17711—72) shakldor quymalar uchun, moʻljallangan boʻlib, ular quyma parchalari koʻrinishida yetkazib beriladi (11-jadval).
Deformatsiyalanadigan latunlar (GOST 15527—70) L90 (tompak), L80 (yarim tompak) kabi oddiy latunlar, LAJ 60-1-1, LS63-3 kabi murakkab latunlar koʻrinishida ishlab chiqariladi. Latunlar sim, chiviq, tasma, polosalar, listlar, trubalar va boshqa prokatlangan hamda presslab tayyorlangan buyumlar koʻrinishida yetkazib beriladi. Latun­lar umumiy va kimyo mashinasozligida keng qoʻllaniladi.
Bronzalar. Misning qalay, alyuminiy, krem­niy, marganes, qoʻrgʻoshin, berilliy bilan hosil qilgan qotishmalari bronza (birinch) deb ataladi. Kiritilgan elementga qarab, qalayli, alyuminiyli va boshkalar boʻladi.
Bronzalarning korroziyaga chidamliligi yuqori, quyilish va antifriksion xossalari yaxshi, kesib yaxshi ishlanadi. Mexanik xarakteristikalarini koʻtarish va alohida xossalar berish uchun bronzalar temir, nikel, titan, rux, fosfor bilan legirlanadi. Marganesning kiritilishi bronzaning korroziyaga chidamliligini, nikel plastikligiii, temir mustahkamligini, rux quyish xossalarini, qoʻrgʻoshin kesib ishlanuvchanligini yaxshilaydi (12-jadval).
Bronzalar “Br» harflari bilan markalanadi, undan ung tomonda turuvchi darflar bronza tarkibiga kiruvchi elementlarni bildiradi:
O — qalay, S — rux, S — qoʻrgʻoshin (svines), A — alyuminiy, J — temir (jelezo), Ms—marganes va hokazolarni bildiradi. Soʻngra ularning protsentlardagi miqdorini bildiruvchi raqamlar yoziladi (bronzadagi mis miqdorini bildiruvchi raqam yozilmaydi). Masalan, bronzaning BrOSS5-5-5 markasi uning tarkibida 5% dan qalay, qoʻrgʻoshin va rux borligini, qolgani (85%) misdan iborat ekanligini bildiradi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling