6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


BOLGʻALANUVCHAN CHOʻYANLAR


Download 0.97 Mb.
bet21/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

3. BOLGʻALANUVCHAN CHOʻYANLAR.

Oq choʻyakni yumshatish natijasida sementitni parchalash mumkin. Oq choʻyanning oʻrtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha: 6 = 2,4—2,*8%; Si = 0,8— 1,4%; Mn = 0,3— 0,4%; S.


Yumshatish jarayonini tezlashtirish maqsadida qotishmaga baʼzida vismut yoki alyuminiy qoʻshib, quyish oldidan temperatura oshiriladi. Bolgʻalanuvchan choʻyan ruscha atamasi (kovkiy chugun)ning bosh harflari (KCH ), choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasi (kg/mm2) hamda plastiklik (% ) qiymatini qoʻyib tamgʻalanadi (1215—79 GOST). Ferrit asosidagi QCH 37—12 va KCH 35— 10 choʻyanlar yuqori dinamik va statik kuchlar taʼsirida muvaffaqiyatli ishlay oladi. Undan tezliklar qutisining gʻilofi, gubchaklar kabi mashina qismlari tayyorlanadi. Gʻiloflar, gayka, gaz ovozini pasaytiruvchi vositalar, mufta kabi qismlar koʻpincha KCH 30—6 va KCH 33—8 choʻyanlardan tayyorlanadi. Ferritli bolgʻalanuvchan choʻyanlarning qattiqligi 160— 165 NV atrofida boʻladi. Oq choʻyanni yumshatish jarayonining grafitga parchalanish ikkinchi bosqichida uni tez sovitish bilan perlit asosidagi kulrang choʻyan olinadi. Bunda oksidlovchi muhit sifatida metall kuyindisi yoki maydalangan ruda qoʻllaniladi. Bunda qotishma +1000°S da 51—58 soat ushlab turiladi. Grafitga parchalanish davrida zagotovkaning yuza qismidan taxminan 2 mm qalinlikdagi qatlam tarkibidagi uglerod yonib ketadi. Choʻyan havoda sovutiladi. Natijada ichki kuchlanishlar kamayadi. Hosil boʻlgan grafitning shakli yigʻilgan, yaʼni pagʻa-pagʻa boʻlganligi uchun ham perlitli bolgʻalanuvchan choʻyan yuqori mustahkamlik va plastiklikka ega. Masalan, KCH 50—6 va KCH 55—4 choʻyanlar yuqori mustahkamlik va plastiklikka hamda ishqalanishga barqaror xususiyatlarga ega. Perlit asosidagi choʻyanlarning qattiqligi 240—270 NV atrofida boʻladi. Bunday choʻyanlar avtomobilsozlikda, qishloq xoʻjaligi mashinalarining qismlari, toʻqimachilik sanoati uskunalari, ishqalanish, zarb hamda oʻzgaruvchan kuch taʼsirida ishlaydigan qismlarni tayyorlashda ishlatiladi.
Yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan choʻyanlar ham kulrang choʻyanlar kabi ruscha nomdagi bosh harflar VCH (vыsokoprochnыy chugun) bilan belgilanadi, soʻngra choʻzilishdagi mustaxkamlik (birinchi ikkita son, kg/mm2 va nisbiy choʻzilish qiymatlari (% ) koʻrsatiladi. Mashinasozlikda, masalan, quyidagi chuyanlar koʻp koʻllaniladi: VCH 38— 17; VCH 42— 12; VCH 45—5 xamda VCH 60—2; VCH 80—3 va hokazo. Yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan choʻyanlarning mustaxkamligini yana-da oshirish hamda barqarorlashtirish- maqsadida ularga termik ishlov beriladi. Masalan, mustahkamlikni oshirish maqsadida ularga toblash bilan bir qatorda yuqori temperaturada (+500...+600°S) boʻshatish beriladi. Baʼzida grafitning shaklini yana mukammallashtirish uchun ularga yumshatish beriladi. Bu turdagi choʻyanlarning plastikligi (b) 2—7% va qattiqligi 150—360 NV atrofida boʻladi. Yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan choʻyanlar poʻlatlar ishlatiladigan sohada qoʻllanishi mumkin, masalan, ulardan avtomobil va traktor vositalari — tirsakli vallar, yuklanishni koʻtaradpgan gʻiloflar, press traversalari tayyorlanadi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling