6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar
Download 0.97 Mb.
|
металл материаллар машинасозликда
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Korroziyaga chidamli, otashga chidamli va otashbardosh poʻlatlar
- Korroziyaga chidamli poʻlatlar
- Otashga chidamli poʻlatlar
- Yeyilishiga chidamli poʻlatlar.
- Grafitlangan poʻlat
8. Korroziyaga chidamli, otashga chidamli va otashbardosh poʻlatlar
Fe-Sr-Ni-Mo-Su-S murakkab sistema asosida yuqori legirlangan poʻlat markalari ishlab chiqilgan. Xrom-nikel-molibden-misli poʻlatlarning baʼzi agressiv muhitlarda (masalan, 80% li sulfat kislota eritmala- rida) korroziyaga chidamliligi juda yuqori. Bunday poʻlatlar ximiya, oziq-ovqat, avtomobil va sanoatning boshqa sohalarida keng miqyosda ishlatiladi. Olovbardosh poʻlatlar. Yuqori temperaturalarda metallar va qotishmalar atrofidagi gaz muhitni bilan reaksiyaga kirishadi. Yuqori harorat (+400-+9000S) hamda oksidlovchi gaz muhitida ishlaydigan detal va konstruksiyalar maxsus olovbardosh poʻlatlardan tayyorlanadi. Olovbardosh deganda yuqori haroratda gaz yoki xavo muhitida materialning korroziyaga taʼsiridan yemirilishiga qarshi tura olish xususiyatiga aytiladi. Olovbardosh poʻlatlarga tarkibida alyuminiy, xrom kremniy boʻlgan poʻlatlar kiradi. Oz miqdorda alyuminiy qoʻshilsa, xromli poʻlatlarning otashga chidamliligi ortadi. Bunday materiallarning yuqori haroratga chidamliligi ularning sirtida legirlovchi elementlar (xrom, alyuminiy, kremniy) ning oksidlardan iborat zich himoya pardasi hosil boʻlishi bilan tushuntiriladi. Otashbardosh poʻlatlar. Mashinalarning baʼzi detallari uzoq muddat katta yuklanish va yuqori haroratlarda (+500...+10000S) ishlaydi. Otashbardoshlik deyilganda materialning deyarli deformatsiyalanmasligi yuqori haroratlarda mexanik yuklanishlarga bardosh bera olishi tushuniladi. Ular +6500S gacha, hatto undan yuqoriroq haroratgacha qizdirilganda ham oʻzining mustahkamlik xossalarini yoʻqotmaydi. Bunday mustahkamlik xossalarini yoʻqotmaydigan apparatlarning qizdiruvchi elementlari, qozon detallari, avtomobil va traktor dvigatellarining kiritish va chiqarish klapanlari tayyorlanadi. (8-jadvalga q.). Ishlatilishiga koʻra klapan, qozon-trubina, gaz-trubina tayyorlanadigan poʻlatlar, shuningdek otashbardoshligi yuqori poʻlatlar boʻladi. Yeyilishiga chidamli poʻlatlar. Ishqalanish sharoitida ishlaydigan mashina detallarini tayyorlash uchun yeyilishiga chidamli maxsus poʻlatlar ishlatiladi. Ularga sharikli podshipnikli, grafitlangan, tarkibida koʻp marganes boʻlgan poʻlatlar kiradi. Sharikli podshipnikli poʻlatlar (SHX6, SHX9, SHX15) podshipniklarning sharik va roliklarini tayyorlashda ishlatiladi. Kimyoviy tarkibi (GOST 801-60) va strukturasiga koʻra bu poʻlatlar asbobsozlik poʻlatlari klasslariga kiradi. Ular tarkibida taxminan 1% S va 0,6-1,5%Sr bor. Oʻlchami 10 mm gacha boʻlgan detallar tayyorlash uchun SHX6 poʻlat oʻlchami 18 mm dan katta detallar tayyorlash uchun SHX15 (0,95-1,05% S va 1,3-1,65% Sg) poʻlati ishlatiladi. Tarkibida oz miqdorda xrom boʻlgan sharikli podshipnikli poʻlatlarga termik ishlov berish toblash va past haroratda boʻshatish (+200°S gacha) dan iborat boʻlib, natijada NNS 60-66 qattiqlik taʼminlanadi. Grafitlangan poʻlat (uglerod miqdori koʻp, tarkibida 1,5-2 % S va 2% gacha Sg bor) ishqalanish sharoitida ishlaydigan porshen xalqalari, porshenlar, tirsakli vallar va boshqa shakldor quymalar tayyorlashda ishlatiladi. Grafitlangan poʻlat strukturasida ferrit-sementitli aralashma va grafit boʻladi. Grafit miqdori termik ishlov berish rejimi va uglerod miqdoriga qarab oʻzgarishi mumkin. Grafitlangan poʻlat toblangandan soʻng bir yoʻla toblangan poʻlat va kulrang choʻyan xossalariga ega boʻladi. Bunday poʻlatda grafit moylovchi material rolini oʻynaydi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling