6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar
Metallokeramik qattiq qotishmalar
Download 0.97 Mb.
|
металл материаллар машинасозликда
Metallokeramik qattiq qotishmalar.
Bu qotishmalarning bir karbidlisi 1920-yillarda, ikki karbidlisi 1930-yillarda yaratilgan boʻlib, hozirda bunday keskichlar sanoatda ishlatilayotgan keskichlarning qariyb 80—85 foizini tashkil etadi. Qattiq qotishmalar tarkibiga kiruvchi komponentlarning erish haroratini yuqoriligi va ularning bergan karbiddarning qattiqpigi hisobiga qotishmaning qattiqligi NRS = 87-=-98 oraligʻida boʻladi. Qattiq qotishmalar kukunli metallurgiya usuli bilan tayyorlanib uning tarkibi volfram karbidi (WS), titan karbidi (TiC), tantal karbidi (TaS) va bogʻlovchi sifatida kobalt (So) komponentlaridan iboratdir. Qattiq qotishmalar yuqori zichlikka (9,5—15,1), yuqori harorat taʼsirida ham ishqalanib, yeyilishga chidamli boʻlishi bilan birgalikda issiqlik sigʻimi tezkesar poʻlatga nisbatan 2,0—2,5 marotaba kam, issiqlik oʻtkazuvchanligi esa yuqoridir. Keskich asboblar tayyorlash uchun quyidagi qattiq qotishmalardan foydalaniladi: 1) Bir karbidli — volfram-kobaltli qotishmalar. Bu qotishma asosan volfram karbididan iborat boʻlib, kobalt yordamida qovishtiriladi. Bu guruhga kiruvchi qotishmalarning quyidagi rusumlari mavjuddir: VK2, VKZ, VK4, VK6, VK6M, VK8, VK8V. 2) Ikki karbidli — volfram-titan-kobaltli qotishmalar. Bu qotishma tarkibini volfram va titan karbidlari tashkil etib, oʻzaro kobalt bilan bogʻlangan. Bu guruh qotishmalariga T5K10, T14K8, T15K6, T30K4, T5K12V rusumlari kiradi. 3) Uch karbidli — titan-tantal-volfram-kobaltli qotishmalar. Bu qotishma titan karbidi, tantal karbidi qattiq aralashmasidan tayyorlanib, volfram karbidi bilan toʻyintiriladi. Kobalt esa bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Bu qotishmalarning TT17K12, TT7, K15 va boshqa rusumlari mavjud. Qattiq qotishmalarning xossalari uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xili va miqdoriga bogʻliq. Qotishmalarning rusumlanishiga qarab, uning tarkibidagi komponentlarning miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, VK8 rusumli qotishma tarkibida 8 foiz kobalt va 92 foiz volfram karbidi bor. T15K6 rusumli qotishma - 6 foiz kobaltdan, 15 foiz titan karbidi, 79 foiz volfram karbididan iborat. Qotishma qattiqligi tarkibidagi karbidlarning qattiqligi bilan xarakterlanadi, yaʼni qotishma tarkibida karbid miqdori qancha koʻp boʻlsa, uning qattiqligi shunchalik yuqori boʻladi. Lekin, qotishma qattiqligi oshib borishi bilan uning qovushqoqdigi kamayib, moʻrtligi ortib boradi. Bu hol qotishmaning egilishga va kesilishga chidamliligi natijasida urilib ishlash qobiliyatini pasaytiradi. OLMOS. Hamma materiallar ichida eng qattigʻi. Olmos +1500° gacha qiziganda ham xususiyatini yoʻqotmaydi. U yeyilishga juda yaxshi chidaydi va keskichda oʻtkir kesuvchi qirra hosil qilishga imkon beradi. Rangli qotishmalarni va plastinkalarni kesib ishlashda olmos keskichlarning turgʻunligi boshqa materiallarga nisbatan oʻnlab, yuzlab barobar yuqori. Olmoslar yuqori qattiqlikka ega boʻlishi bilan birga juda moʻrt, shuning uchun ham uning qoʻllanilishi cheklangan. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling