6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


Xossalari yaxshilanadigan legirlangan poʻlatlar


Download 0.97 Mb.
bet10/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

Xossalari yaxshilanadigan legirlangan poʻlatlar (GOST 45,43-71). Ular oʻrtacha uglerodli (0,25-0,6%S) va kam legirlangan poʻlatlardir. Kerakli xossalarini (mustahkamligi, plastikligi, qovushqokligi) taʼminlash uchun bu poʻlatlarga (5-jadval) termik ishlov beriladi, yaʼni toblanadi va yuqori haroratda boʻshatiladi (+500...+600°S).
5. Xossalari yaxshilangan legirlangan poʻlatlar

Markasi

Choʻzilish-dagi mus­- tahkamlik chegarasi
bv. MPa

Nisbiy
choʻzilishi
δ, %

Zarbiy
qovu-shqoqli-
gi KS,
MJ/m2

Ishlatilishi

kamida

40XS 40XFA

1250
900

12
10

0,35
0,9

Yuqori kuchlanishlarda va ishorasi oʻzgaruvchan yuklanishli sharoitlarda ishlaydigan kichik de-tallarni tayyorlashda

ZOXGSA

1100

10

0,5

Ishqalanish sharoitida ishlaydigan detallar hamda ishorasi oʻzgaruvchan yuklanish ostida va +200°S haroratgacha boʻlgan sharoitda ishlaydigan payvand kon-struksiyalar tayyorlashda

40XN2MA

1100

12

0,8

Murakkab shaklli yirik, katta yuklanish tusha-digan muhim detallar tayyorlashda



6. Yuqori mustahkamlikdagi legirlangan poʻlatlar

Markasi

Choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasi
bv. MPa

Nisbiy
choʻzilishi
δ, %

Zarbiy
qovushqoqli-
gi KS,
MJ/m2

Ishlatilishi

Kamida 

Kompleks-legirlangan poʻlatlar 

30XGSN2A 40XGSNZVA

1850/1650 2000/1850

13/9 11/12

55/0,62 0,45/0,5

Yuklanish keskin oʻzga-rib  turadigan sharoitda ishlaydigan, koʻp yuklanish tusha­digan ogʻir yuklangan juda muhim detallar (samolyotsoz-likda shassi va fyuzelyaj detallari) tayyorlashda

Martensit-eskiruvchi poʻlatlar

N12K15M10
N18K9M5T 

2500
2100 

 6
8

0,3
0,5 

Koʻp yuklanish tusha­digan juda muhim detallar tayyorlash­da

Eslatmalar; 1) +900°S da toblanib, +250°S da boʻshatilgandan keyingi mexanik xossalarining koʻrsatkichlari suratda, izotermik toblangandan keyingisi maxrajda. 2) Havoda toblangan va keyinchalik eskirtirilgan poʻlat uchun mexanik xossalarining koʻrsatkichlari.


Oʻta mustahkam legirlangan poʻlatlar. Xossala­ri yaxshilangan va sementitlangan poʻlatlarga ter­mik ishlov berilgandan soʻng ularning mustahkamligi sp = 1300 MPg gacha va qovushqoqligi KS - 0,8-1,0 MJ/m2 gacha yetadi. Yangi hozirgi zamon mashinalarini yaratish uchun bunday mustahkamlik yetarli emas. Mustahkamlik chegarasi σ = 1500-2000 MPa boʻlgan poʻlatlar zarur. Bu maqsadlarda kompleks legirlangan va martensit-eskiruvchi poʻlatlar ishlatiladi (6- jadval).
Kompleks — legirlangan poʻlatlar oʻrtacha uglerodli (0,25—0,6%S), legirlangan, kam boʻshatilib, termik mustahkamlanadigan yoki termomexanik ishlov beriladigan poʻlatlardir.
Martensit-eskiruvchi poʻlatlar-temirning nikel, kobalt, molibden, titan, xrom va boshkr elementlar bilan hosil qilganuglerodsiz (koʻpi bilan 0.03S) qotishmasidir. Ular yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan legirlangan poʻlatlarning yangi sinfini hosil qiladi.
Martensit-eskiruvchi poʻlatlar +800-+860°S dan boshlab havoda toblanadi va +450...+500°Sda eskirtiriladi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling