6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


LEGIRLANGAN KONSTRUKSION POʻLATLAR


Download 0.97 Mb.
bet7/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

LEGIRLANGAN KONSTRUKSION POʻLATLAR

Poʻlatlarning fizik, kimyoviy mustahkamlik va texnologik xossalarini yaxshilash uchun ularning tarkibiga turli legirlovchi elementlar (xrom, marganes, nikel va boshqalar) kiritiladi (legirlanadi). Poʻlat tarkibida unga maxsus xossalar beruvchi bir yoki bir necha legirlovchi elementlar boʻlishi mumkin.


Legirlovchi elementlarning poʻlatga taʼsiri.
α-konstruksion poʻlat tarkibida kamida 90% hajmni egallovchi ferrit asosiy struktura tashkil etuvchi hisoblanadi. Legirlovchi elementlar ferritda erib, uni mustahkamlaydi. 
α-Fe panjaradan keskin farqlaydigan panjarali elementlar - kremniy, marganes va nikel kabi ferritning qattiqligini (normallangandan keyin) keskin oshiradi. Molibden, volfram va xrom kamroq taʼsir koʻrsatadi. Koʻpgina legirlovchi elementlar ferritni mustahkamlab, uning plastikligiga kam taʼsir koʻrsatadi, uning zarbiy qovushqoqligini kamaytiradi (nikeldan tashqari). 1% gacha (marganes va xrom boʻlganda poʻlatning zarbiy qovushqoqligi ortadi. Agar marganes va xrom miqdori bundan oshib ketsa, zarbiy qovushqoqlik kamayadi, xrom miqdori 3% va marganes miqdori 1,5 % boʻlganda ferrit legirlanmagan holatda boʻladi.
Poʻlat tarkibidagi uglerod miqdorining ortishi karbidli fazaning taʼsirini kuchaytiradi, bunda uning dispersligi qotishmaning tarkibi va termik ishlov berilishiga bogʻliq boʻladi. Legirlangan poʻlatning konstruktiv mustahkamligi ortishiga toblanish chuqurligi katta taʼsir koʻrsatadi. Toblanishining yaxshilanishigapoʻlatni bir necha elementlar, masalan, Sg+Mo, da Sg+Ni, Sg+Ni+Mo va boshqa elementlar qoʻshilmasi bilan legirlab, erishish mumkin.
Poʻlatning yuqori konstruktiv mustahkamligi undagi legirlovchi elementlarning ratsional miqdori bilan taʼminlanadi. Kerakli darajada toblangandan soʻng ortiqcha legirlash (nikeldan tashqari) poʻlat qovushqoqligining kamayishiga sabab boʻladi va uning moʻrt sinishini yengillashtiradi.
X r o m konstruksion poʻlatning mexanik xossalariga yaxshi taʼsir koʻrsatadi. U poʻlatga 2% gacha miqdorda kiritiladi; u ferrit va sementitda eriydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling