6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlar


Download 0.97 Mb.
bet4/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

1. Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlar

Guruh-lar

 Yetkazib beriladi-gan holatdagi kafo-latlangan 
xossalari 

Markalari (oksidsizlantirilish dara-jasini hisobga olgan holda)

Kategoriyalari 

A

Mexanik xossalari

St0, St1kp, St1ps,St1sp,St2kp, St2ps, St2sp. StZkp, StZps, SlZsp, StZGps, St4kp, St4ps, St4sp, St5ps, St5ps, StbGps,
Stbps, Stbsp 

1,2,3

B

Kimyoviy tarkibi

BStO, BStsp, BStkp, BSt2kp, BSt2ps, BStZkp,BStZps,BStZsp, BS ZGps, BSt4kp, BSt4ps, BStbps, BStbsp 

1,2

V

Mexanik xossalari va  kimyoviy tarkibi

VSt1kp, VSt1ps, VSt1sp, VO 2kp,VSt2ps, VSt2sp, VStZkp, VStZps, VStZsp, VStZGps, VSt4kp, VS4kp, VSt4sp, VSt5ps, 

 
1,2,3 4,5,6

Poʻlatning markasi nomeridan oʻng tomonda turuvchi indekslar quyidagi maʼnolarni bildiradi: kp - qaynaydigan, ps - chala qaynaydigan, sp - qaynamaydigan poʻlat. Indeks bilan marka nomeri orasida G harfi boʻlsa, marganes miqdori koʻp ekanligini bildiradi. Marka belgilarida St harflaridan chap tomonda turuvchi harflar (B va V) poʻlat gruppasini koʻrsatadi.
Meʼyorlanadigan koʻrsatkichlariga (kimyoviy tarkibi va mexanik xossalariga) qoʻyiladigan talablariga koʻra oddiy sifatli poʻlatlar kategoriyalarga boʻlinadi. Poʻlatning kategoriyasi oksizsizlantirilish darajasi indeksining oʻng tomonida turgan raqam bilan belgilanadi, masalan ST51psZ quyidagilarni bildiradi: A gruppadagi poʻlat, markasi Stb, mar­ganes miqdori koʻp, chala qaynaydigan, uchinchi kategoriyali.
Maʼlum kategoriyadagi poʻlatga uning oksidsizlantirilish darajasini koʻrsatmasdan buyurtma berilganida kategoriyasi marka nomeridan keyin tire orqali yoziladi, masalan, St4-3. Birinchi kategoriyadagi poʻlat kategoriya nomerini koʻrsatmasdan yoziladi, masalan, St4ps. A gruppadagi poʻlatlarning kimyoviy tarkibi ularning mexanik xossalarini cheklamaydi, balki kafolatlaydi (2-jadval). Bu gruppadagi poʻlatlar, odatda, qizdirib ishlov beriladigan detallar tayyorlashda (payvandlab, bolgʻalab va hokazo) foydalaniladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling