6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


Download 0.97 Mb.
bet5/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

B guruhdagi poʻlatlar kimyoviy tarkibiga koʻra yetkazib beriladi va ular termik ishlov beriladigan hamda qizdirilgan holatda bosim ostida ishlov berib (shtamplab, bolgʻalab) tayyorlanadigan detallar uchun ishlatiladi. B gruppadagi poʻlatlarning mexanik xossalari kafolatlanmaydi.
V guruhdagi poʻlatlar A guruhdagi poʻlatlar meʼyorlariga mos keluvchi mexanik xossalariga koʻra hamda B gruppadagi poʻlatlar meʼyorlariga mos keluvchi kimyoviy tarkibiga koʻra yetkazib beriladi. V guruhdagi poʻlatlar asosan payvandlab tayyorlanadigan konstruksiyalarda ishlatiladi.
Sifatli konstruksion uglerodli poʻlatlar (GOST 1050-74). Ular oddiy sifatli poʻlatlardan tarkibida oltingugurt, fosfor va boshqa zararli aralashmalar kamligi bilan, har bir markada uglerod miqdori tor chegarada boʻlib, koʻp hollarda kremniy (S) va marganes (Mp) miqdori koʻp boʻlishi bilan farq qiladi.
Poʻlat ikki xonali raqamlar bilan belgilanadi. Bu raqamlar uglerod miqdorini protsentning yuzdan bir ulushini bildiradi. Bu poʻlatlar kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari kafolatlangan holda yetkazib beriladi (3-jadval). Oksidsizlantirilish darajasiga koʻra poʻlat qaynaydigan (kp), chala qaynaydigan (ps), qaynamaydigan (indeksi koʻrsatilmaydi) xillarga boʻlinadi. Poʻlatlar markasidagi G harfi undagi marganes miqdori koʻp (1% gacha) ekanligini bildiradi.
Sifatli uglerodli poʻlatlar prokatlangan, bolgʻalangan, kalibrlangan, sirtiga alohida ishlov berilib, dumaloqlangan koʻrinishlarda yetkazib beriladi.
Maxsus vazifali uglerodli poʻlatlar. Bu guruhdagi poʻlatlarga (GOST 1414-75) kesib yaxshi ishlov beriladigan poʻlatlar (avtomat poʻlatlari) kiradi. Ular asosan koʻplab ishlab chiqariladigan detallar tayyorlash uchun moʻljallangan. Bunday poʻlatlarga stanok-avtomatlarda ishlov berilganda kalta va mayda qirindilar hosil boʻladi, kesish asbobining yeyilishi va sarfi kamayadi, yoʻnilgan yuza tekis va toza chiqadi.
Tarkibida oltingugurt va fosfor koʻp boʻlgan avtomat poʻlatlarga yaxshi ishlov berish mumkin. Poʻlatga selen, qoʻrgʻoshin, tellur kabi texnologik qoʻshimchalar qoʻshilib, uning kesib ishlanishi yaxshilanadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling