6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


Download 0.97 Mb.
bet3/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

Asbobsozlik poʻlatlari kesish, oʻlchash asboblari hamda sovuqlayin va issiqlayin shtamplar tayyorlash uchun ishlatiladigan xillari boʻladi.
Maxsus poʻlatlarga zanglamas (korroziyabardosh), issiqqa chidamli, olovbardosh, yeyilishga chidamli poʻlatlar kiradi.
Sifatiga koʻra tasniflanishi. Sifatiga koʻra poʻlatlar oddiy sifatli, sifatli, yuqori sifatli va juda sifatli xillarga boʻlinadi. Poʻlatning sifati deyilganda, u ishlab chiqariladigan metallurgiya jarayoni bilan belgilanadigan xossalari yigʻindisi tushuniladi. Kimyoviy tarkibining bir jinsliligi, tuzilishi va xossalari poʻlatdagi zararli qoʻshilmalar hamda gazlar (kislorod, vodorod, azot) miqdoriga bogʻliq.
Poʻlatlarning sifatini aniqlashda zararli aralashmalar meʼyori (oltingugurt-S, fosfor-P) asosiy koʻrsatkich hisoblanadi. Oddiy sifatli poʻlatlarda 0,06% gacha S va 0,07% gacha P, sifatli poʻlatlarda 0,035% gacha S va 0,035% gacha R, yuqori si­fatli poʻlatlarda esa koʻpi bilan 0,025% S va 0,025% R, juda sifatli poʻlatlarda esa koʻpi bilan 0,015% S va 0,025% R boʻladi.


UGLERODLI KONSTRUKSION POʻLATLAR

Uglerodli poʻlatlar uchta asosiy guruhga boʻlinadi: oddiy sifatli uglerodli poʻlatlar, sifatli uglerodli poʻlatlar, maxsus vazifali uglerodli poʻlatlar (avtomat, qozon poʻlatlari va boshqalar).


Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlar (GOST 380-71). Bunday poʻlatlar keng tarqalgan boʻlib, normallashtirilgan holatda prokat koʻrinishida yetkazib beriladi hamda mashinasozlik, qurilish va iqtisodiyotning boshqa sohalarida ishlatiladi.
Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlar St harflari va 0 dan 6 gacha boʻlgan raqamlar bilan belgilanadi. Raqamlar poʻlat markasining shartli nomerini bildiradi. Raqam qancha katta boʻlsa, uglerod miqdori shuncha koʻp, poʻlatning mustahkamligi yuqori, plastikligi esa past boʻladi. (ST – shisha boʻladi).
Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlar vazifasi va kafolatlangan xossalariga koʻra uch xil guruhda yetkazib beriladi: A, B, V (1-jadval).



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling