6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar
Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlarning mexanik
Download 0.97 Mb.
|
металл материаллар машинасозликда
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Sifatli konstruksion poʻlatning mexanik xossalari
- Nisbiy choʻzili-shi σ;% Qattiq- ligi, NV Ishlatilishi
- Avtomat poʻlatlar
2. Oddiy sifatli uglerodli poʻlatlarning mexanik xossalari
3. Sifatli konstruksion poʻlatning mexanik xossalari
Avtomat poʻlatlar A harfi hamda uglerodning oʻrtacha miqdorini protsentning yuzdan bir boʻlagi qadar koʻrsatuvchi raqamlar bilan belgilanadi. Avtomat poʻlatlarning A12, A20, AZO, A40G markalari ishlatiladi. A12 poʻlatlardan muhim boʻlmagan detallar, boshqa markalaridan esa katta kuchlanish va yuqori bosimlarda ishlaydigan muhim detallar tayyorlanadi. Avtomat poʻlatlarning sortamenti doira, kvadrat va olti qirrali koʻrinishga ega boʻlgan koʻndalang kesimli chiviqlar koʻrinishidagi sort prokatlar tayyorlashni nazarda tutadi. Bu poʻlatlar payvandlanadigan konstruksiyalar tayyorlashda ishlatilmaydi. Poʻlat varaqlar (listlar) (qozon tayyorlanadigan poʻlatlar, GOST 5520-79 va TU) bosim ostida ishlaydigan qozon va idishlar uchun bugʻ qozonlari, kema oʻtxonalari, gaz trubinalarining yonish kameralari va boshqa detallarni tayyorlashda ishlatiladi. Ular oʻzgaruvchan bosimlarda va +450°S gacha boʻlgan haroratda ishlashi kerak. Bundan tashqari, qozon tayyorlanadigan poʻlat yaxshi payvandlanishi zarur. Bunday xossalar olish uchun uglerodli poʻlatga texnologik qoʻshimcha (titan) kiritiladi va u alyuminiy bilan qoʻshimcha oksidsizlantiriladi. Uglerod miqdori 0,08 dan 0,28% gacha boʻlgan 12K, 15K, 16K, 18K, 20K, 22K markali uglerodli qozon tayyorlanadigan poʻlatlar ishlab chiqariladi. Bunday poʻlatlar qalinligi 200 mm gacha boʻlgan varaqlar va normallashtirilgan hamda boʻshatilgan holatdagi pokovkalar koʻrinishida yetkazib beriladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling