6 – mavzu. Mashinasozlikda qoʻllaniladigan metall materiallar


Download 0.97 Mb.
bet13/27
Sana01.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1317569
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
металл материаллар машинасозликда

Koʻp legirlangan  asbobsozlik poʻlatlari  tarkibida volfram, xrom va vanadiy miqdori koʻpboʻladi (asosiy legirlovchi elementning 18%ini tashkil qiladi); issiqbardoshligi yuqori (+600-+640°S). Ular mustahkamligi yuqori boʻlgan poʻlatlar va qiyin ishlanadigan boshqa materiallarga ishlov berish uchun moʻljallangan yuqori unum bilan ishlaydigan kesish asboblari tayyorlashda foydalaniladi. Bunday poʻlatlar tezkesar asbobsozlik poʻlatlari deb ataladi (GOST 19265-73). Tezkesar poʻlatlar R harfi bilan belgilanadi, undan keyingi raqam volfram miqdorini bildiradi.
Tezkesar poʻlatlar XX asrning boshlarida ixtiro etilgan boʻlib, tarkibida legirlovchi elementlarning (8,5—9 foizgacha W, 3,6—4,6 foiz Sg, 2—5 foiz V) koʻpligi bilan legirlangan asbobsozlik poʻlatlaridan farq qiladi. Bunday poʻlatlardan yasalgan keskich asboblar (parma, freza, protyajka) termik ishlangandan keyin (+1240…+1300°S haroratda toblanib, +560//+580°S da bir necha marotaba boʻshatilgach) qattiqligi NKS = 62 ch- 65 ga yetadi. Bu poʻlatlarning olovbardoshligi +560…+600°S atrofida boʻlib, kesuvchanlik xususiyati boshqa asbobsozlik poʻlatlarga nisbatan ancha yuqori, shuning uchun poʻlatlardan yasalgan keskichlar 2—3 marotaba yuqori tezlik bilan ishlashi mumkin. R18 rusumli poʻlat koʻpchilik vaqtlarda, ayniqsa, konstruksion poʻlatlarni kesish jarayonida R9 rusumliga nisbatan maʼlum afzalliklarga ega, yaʼni R18 rusumli poʻlat yaxshi silliqlanadi, issiqlik taʼsirida kamroq qiziydi va h.k. R18F2 rusumli poʻlat yuqori haroratga chidamli (625—630°S) boʻlib, R18 va R9 rusumlarga nisbatan yuqori kesuvchanlik xossasiga ega. Bu poʻlatlardan qilingan keskichlar bilan yuqori mustahkamligi (σV=80 100 kg—mm2) boʻlgan poʻlatlar kesib ishlaniladi. Tarkibida vanadiy elementlari boʻlgan tezkesar poʻlat (R9F5, R14F4) rusumlari esa titan qotishmalarini va materiallarni tozalab yoʻnuvchi keskich asboblar tayyorlashda qoʻllaniladi. Volfram molibdenli (R9M4, R6MZ) tezkesar poʻlatlarning kesuvchanlik xossasi zagotovka ishlashda volframlarga nisbatan ancha yuqori boʻlib, asosan frez, metchik, protyajka, parma, frezalar va rezba ochuvchi frezalar tayyorlashda keng qoʻllaniladi. Tezkesar poʻlatlarning ayrim rusumlarining kimyoviy tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan:






Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling