9. Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari.
Dyuralyuminiylarning korroziyabardoshligi yetarli emas, shuning uchun ular plakirlanadi. Dyuralyuminiylar varaq, presslab va juvalab tayyorlangan profillar, chiviqlar hamda quvurlar koʻrinishida ishlab chiqariladi. Dyuralyuminiylar samolyotsozlik sanoatida va qurilishda koʻp ishlatiladi.
Qoʻymabop alyuminiy qotishmalari. Quymabop qotishmalar tarkibida deformatsiyalanadigan qotishmalardagi kam legirlovchi zlementlar mavjud, faqat ularnnng miqdori koʻproq (baʼzi komponentlarnnng miqdori 9—13% gacha) boʻladi. Quymabop qotishmalar shakldor quymalar olish uchun ishlatiladi. Quymabop alyuminiy qotishmalarningg 35 ta markasi (AL) ishlab chiqariladi, ularni kimyoviy tarkibiga koʻra 5 ta guruhga boʻlish mumkin. Masalan, kremniyli alyuminiylar (AL2, AL4, AL9) yoki magniyli alyuminiylar (AL8, AL 13, AL22 va boshqalar)
Quymabop alyuminiy qotishmalari AL harflari va raqamlar bilan markalanadi. Raqam qotishmaning shartli nomerini koʻrsatadi. Alyuminiy va kremniy asosdagi qotishmalar siluminlar deb ataladi. Siluminlarning mexanik va quyilish xossalari yuqori: suyuq holatda oquvchanligi yuqori, kirishuvchanligi kichik, mustahkamligi yetarli darajada katta, plastikligi koniqarli. Alyuminiy va magniy asosida tayyorlangan qotishmalarning solishtirma mustahkamligi hamda korroziyaga chidamliligi yuqori, kesib yaxshi ishlanadi.
Quymabop alyuminiy qotishmalarining xossalari quyish usuli ishlov berish usuliga bogʻliq: qotayotgan quymani sovutish tezligi yoki uni tozalashdagi sovutish tezligi katta ahamiyatga ega. Umuman sovutishni tezlatish mustahkamlik xossalarini oshiradi. Shuning uchun ham kokilga (metalldan yasalgan kolipga quyilgan quymalarning mexanik xossalari qum-loyli qolipga quyilgan quymalarnikidan yuqori boʻladi (10-jadval).
10. Quymabop alyuminiy qotishmalari
Do'stlaringiz bilan baham: |