6 – mavzu: missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ’ibot usullari


O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDA MISSIONERLIK FAOLIYATIGA


Download 80 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi80 Kb.
#1507455
1   2   3   4
Bog'liq
MISSIONERLIK VA PROZELITIZM TARIX VA BUGUN,

 
6.4. O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDA MISSIONERLIK FAOLIYATIGA 
BELGILANGAN JAZO VA CHORALAR 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, e’tiqod sohasida keng erkinliklar amalga 
oshirila boshlandi. Ma’lumki, O‘zbekistonda mahalliy aholining asosiy qismi ming yillardan beri 
Islom diniga e’tiqod qiladi. Shu bilan birga qadimdan bu diyorda boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi 
toifalar ham yashab kelishgan. Turkiston o‘lkasi Chor Rossiyasi tomonidan istilo qilingach (bosib 
olingach), bu yerga Rossiyadan nasroniy dinidagi aholi ham ko‘chib kela boshladi. Sovet 
davrining keyingi yillarda bu ko‘chib kelish birmuncha kuchayib, nasroniylar O‘rta Osiyoda aholi 
soni bo‘yicha musulmonlardan keyin ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bularning asosiy qismi pravoslav 


yo‘nalishiga taalluqli bo‘lib, mahalliy aholi bilan tinch-totuv yashab kelmoqda va missionerlik 
faoliyati ularning yo‘nalishida keng yoyilgan emas. Ammo mamlakatimizda ma’lum miqdorda 
boshqa yo‘nalish vakillari ham mavjud bo‘lib, mustaqillikdan keyin O‘zbekistonda ushbu turli 
nasroniylik oqimlari o‘z missionerlik faoliyatini ancha – muncha kuchaytirib yubordi. Shunday 
vaziyatda ushbu sohadagi mavjud haqiqatni ilmiy asosda to‘g‘ri izohlab berish dolzarb vazifaga 
aylandi. 
Dunyo tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, missionerlar o‘zga din vakillari orasidagi faoliyati 
har doyim mintaqa barqarorligini buzgan, aholi orasida notichliklarga, qon to‘kilishlarga sabab 
bo‘lgan. Bunga misol qilib Indonieziyadan Sharqiy Timor orolining musulmon davlatidan ajralib 
chiqishini ko‘rsatsa bo‘ladi. Voqeani kuzatgan mutaxasisilarning fikricha bunday holning yuz 
berishiga missionerlarning bevosita aloqasi bor. Afrika qita’sida ham missionerlar sabab ko‘p 
qonlar to‘kilgan. Hozirgi kunda Sudan davlatida ham aynan tub aholining missionerlar faoliyati 
samarasi bo‘lgan xristianlar va musulmonlar o‘rtasida qonli urish davom etmoqda. Bu davlatni 
ham xuddi Indoneziya hududidan Sharqiy Timorni ajratib olish senariyasini qo‘lashga 
urinmoqdalar. 
O‘lkamiz mustaqil bo‘lgan kunidan boshlab, chet ellardan turli xil diniy oqimlarning 
yurtimizga yopirilib kelishi, va uning avj olib ketganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, 
missionerlarning hamlasida katta xavf yashirinib yotibdi. Ular mamlakatimizning «sodda» 
fuqarolarini o‘z tuzoqlariga ilintirib, ongini zaharlamoqdalar. Oqibat bunday insonlar manqurtga 
aylanib, millat, davlat va dinning qadriga yetmay vataniga, diyonatiga bo‘lgan sadoqat gullarini 
oyoq osti qilmoqdalar. Shunday oqimlarning biri va o‘ta xavflisi missionerlik harakatidir. 
Missionerlik faoliyati mafkuramiz uchun yot unsur bo‘lib qolmay, balki ma’naviyatimiz rivoji 
uchun ham to‘siqdir. 

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling