6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja


Jismoniy tarbiyani tashkil etish yo’llari va vositalari


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana12.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1190505
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

Jismoniy tarbiyani tashkil etish yo’llari va vositalari 
Barkamol avlod tarbiyasi ko’p jihatdan ularning sog’ligini mustahkamlashga
me’yoriy – davriy jismoniy rivojlanishga va yuqori darajadagi intellektual 
salohiyatga bog’liq bo’ladi. Ularning turmush tarzida jismoniy tarbiya va sport 
odatiy tusga aylanmog’i lozim. Shu sababli ham har tomonlama kamol topgan 
inson deganda ham jismoniy jihatdan chiniqqan, ham aqliy salohiyati mustahkam 
odam inson tushuniladi. Ular hayotida jismoniy tarbiya bilan muntazam 
Shug’ullaniSh muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida jismoniy tarbiyani tashkil etish 
yo’llari va ularning inson kamolotidagi ahamiyati to’g’risidagi ma’lumotlarni 
keltiramiz. 


1. Ertalabki badantarbiya. Sog’lom bo’lishni va muntazam aqliy 
rivojlanishni o’ziga maqsad qilib olgan har qanday insonning ertalabki 
badantarbiyasi ish kunining asosiy dastlabki bosqichidan iborat bo’lmog’i lozim. 
Bu holatga o’qituvchi ham alohida e’tiborni qaratish lozim bo’ladi, ya’ni 
o’qituvchi har bir o’quvchining ish kuni badantarbiya mashqlarini bajarishdan 
boshlanishiga erishish kerak. Bunday mashqlar uchun mo’ljallangan harakatlar 
majmualarini jismoniy madaniyat darslarida o’rganish kerak. Har bir majmuaga 6-
7 ta mashq kiritiladi va bunda muskullarning hammasini qamrab oluvchi mashqlar 
(harakatlar) e’tiborga olinmog’i lozim bo’ladi. 
2.Mashg’ulotlargacha bo’lgan badantarbiya. Bunday mashg’ulotlar dars 
jarayoni boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Muntazam ravishda olib 
boriladigan bunday mashqlardan ko’zlangan maqsad, o’quvchilar organizmining 
tashqi muhitga nisbatan chiniqishini va qomatining to’g’ri rivojlanishini 
ta’minlashdan iborat bo’ladi. Bu turdagi badantarbiyani sport maydonlarida 
o’tkazilsa qulay bo’ladi va bu bilan qo’shimcha ravishda yugurish, sakrash kabi 
harakatlarni ham qo’shib olib borishga imkoniyat yaratiladi. Har qanday Sharoitda 
ham kamida bir oyda bunday mashg’ulotlar majmuasini tarkibiy harakatlar tizimini 
almashtirib turish lozim. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling