29. Rossiya atamasi nima uchun Chor Rossiyasi tarzida talaffuz qilingan?
A) rus tilida podsho “sar” deyilgan, shuning uchun ham “Sarskaya Rossiya” podsho Rossiyasi deyilgan
B) forscha-chor degani 4 sonini bildiradi, ya’ni Rossiyada 4 sulola mavjud bo’lgani uchun
C) ukrain tilida “sar” so’zi qudratli degan ma’noni anglatadi
D) bu so’z hech qanday ma’noni anglatmaydi
8-§. mavzu
1. Turkiston viloyati qachon tashkil qilingan?
A) 1864-yil B) 1865-yil C) 1866-yil D) 1867-yil
2. Rossiyaning O’rta Osiyodagi harbiy harakatlarni olib borishda markaz sifatidagi rolni bajargan viloyat qaysi?
A) Sirdaryo B) Turkiston C) To’rtko’l D) Verniy
3. Nima sababdan Chor Rossiyasi O’rta Osiyoda alohida general-gubernatorlik tashkil qilishga kirishdi?
A) O’rta Osiyoning Orenburg general-gubernatorligidan uzoqda joylashganligi
B) kelgusida bosib olinadigan yerlarni birlashtirish
C) Orenburg bilan kelishmovchilik
D) A va B
4. Turkiston general-gubernatorligi qachon tashkil qilingan?
A) 1864-yil B) 1865-yil C) 1866-yil D) 1867-yil
5. Turkiston general-gubernatorligi bilan birga Turkiston harbiy okrugi ham tuzildi. Uning tarkibiga kimlar kiritildi?
A) 1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar
B) 1864- yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar
C) 1865- yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar
D) 1866- yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar
6. Turkiston harbiy okrugi tuzilganda undagi harbiylar soni qancha edi?
A) 30 ming B) 40 ming C) 50 ming D) 60 ming
7. Turkiston general-gubernatorligi markazi qayer edi?
A) Buxoro B) Turkiston C) Toshkent D) Qo’qon
8. Turkiston general-gubernatori vakolatlari xato berilgan javobni toping.
A) o’lkada joylashgan harbiy qismlar qo’mandoni
B) Yettisuv kazaklari qismi qo’mandoni
C) bosh sudya
D) Turkiston harbiy okrugi qo’mandonining o’rinbosari
Do'stlaringiz bilan baham: |