6 -mavzu. Qurilish mexanikasi faniga kirish reja
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
6-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qurilish mexanikasi fanining masalalari. 3. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi. Tayanch iboralar
- inshootlar statikasi va inshootlar dinamikasi.
42 6 -MAVZU. QURILISH MEXANIKASI FANIGA KIRISH Reja: 1. Qurilish mexanikasi fanining mohiyati, maqsadi va uning vazifalari. 2. Qurilish mexanikasi fanining masalalari. 3. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi. Tayanch iboralar: inshootlar mustahkamligi, inshootlar bikrligi, inshootlar ustuvorligi, inshootlar statikasi, inshootlar dinamikasi, tashqi yuklar, ichki zo‘riqish kuchlari, fanning asosiy vazifalari, qurilish mexanikasi fanining masalalari, qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi. 1.Qurilish mexanikasi fanining mohiyati, maqsadi va uning vazifalari. Qurilish mexanikasi muhandislik fanlarining asosi bo‘lib, u quruvchi muhandislarga inshoot va uning elementlarini tejamli, mustahkam, chidamli va muqobil shakllarini topib loyihalash va chizishni o‘rgatadigan fandir. Demak, qurilish mexanikasi inshootlar va konstruksiyalarning mustahkamligi, bikrligi va ustuvorligini hisoblash usullari to‘g‘risidagi fandir. Yangi loyihalanayotgan inshootlarni mustahkamlikka hisoblashdan maqsad, ularni tashqi kuchlarga chidamli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Inshootlarning tashqi yuklar ta’siridan hosil bo‘ladigan katta ko‘chishlarining oldini olish va har xil tebranishlar ta’siriga chidamliligini oshirish hamda ulardan mo‘‘tadil foydalanishini ta’minlash maqsadida bikrlikka hisoblanadi. Ustuvorlikka hisoblash deganda, inshootlarni tashqi yuklar ta’sirida deformatsiyalangandan keyingi muvozanat holatini saqlash tushuniladi. Inshootlarni tashqi yuklarga hisoblashda qurilish mexanikasi fani matematika, fizika, nazariy mexanika, materiallar qarshiligi va elastiklik nazariyasi fanlariga tayangan holda ish qo‘radi. Qurilish mexanikasini puxta o‘zlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan talaba yuqoridagi fanlarni chuqur o‘zlashtirishi lozim. Qurilish mexanikasi fani inshootga ta’sir etuvchi yuklarning xarakteriga qarab ikkiga bo‘linadi: inshootlar statikasi va inshootlar dinamikasi. Inshootlar statikasida inshootga ta’sir qiluvchi kuchlar asta-sekinlik bilan, ya’ni statik qo‘yilgan deb qaraladi. Inshootlar dinamikasida esa tashqi yuklarni dinamik kuch deb qarab (qiymati va yo‘nalishi o‘zgarib turuvchi kuch), vaqtga bog‘lab o‘rganiladi. Inshootlar va ularning konstruksiyalarini hisoblashda har qanday muhandis ikkita omilni: inshootga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlarni va uning ta’siridan inshoot va uning elementlarida hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlarni aniqlashni bilishi muhim rol o‘ynaydi. Inshootga tashqaridan ta’sir qiluvchi kuchlar (tashqi yuklar)ga quyidagilar kiradi: Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling