6 -mavzu. Qurilish mexanikasi faniga kirish reja


o‘qining funksiyasi orqali qaralsa, yassi masalalarda ikkita koordinata o‘qining


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1417646
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-маъруза

o‘qining funksiyasi orqali qaralsa, yassi masalalarda ikkita koordinata o‘qining 
funksiyasi, fazoviy masalalarda esa uchta koordinata o‘qining funksiyasi deb 
qaraladi. Fazoviy masalalarni yassi elementlarga ajratish orqali, hisoblash ancha 
osonlashtiriladi. 
Qurilish mexanikasi masalalari chiziqli va chiziqsiz masalalarga ham ajratiladi. 
Chiziqsiz masalalar o‘z navbatida geometrik va fizik chiziqsiz masalalarga bo‘linadi. 
Geometrik chiziqsiz masalalar qurilish konstruksiyalarining elementlarini katta 
ko‘chishlarida va deformatsiyalanishida hosil bo‘lib, amaliyotda juda kam uchraydi. 
Fizik chiziqsiz masalalar konstruksiya elementi materialining ishlashi davomida 
kuchlanish va deformatsiyani proporsionallik chegarasining buzilishi oqibatida sodir 
bo‘ladi. Bunday xususiyatga deyarli barcha konstruksiyalar ega bo‘ladi. Ko‘pincha fizik 
chiziqsiz masalalarda katta kuchlanishlar sodir bo‘lmasa ularni chiziqli masala deb 
qarash mumkin. 
3. Qurilish mexanikasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi. 
 
Qurilish mexanikasi fanining dastlabki rivojlanish davrida mustaqil fan bo‘lmay, 
umumiy mexanikaning tarkibiy qismlaridan biri sifatida rivojlangan. Mexanika fanining 
nazariy asoslari dastlab qadimgi Yunoniston va Misrda paydo bo‘lgan. Mexanika 
so‘zini ilmiy atama sifatida fanga birinchi bo‘lib kiritgan olim, eramizdan 384-322 
yillar ilgari yashab o‘tgan Yunonistonlik mashhur faylasuf Aristotel (Arastu) 
hisoblanadi. Mexanikaning xilma-xil masalalarini hal ztishda qadimgi zamon 
olimlaridan Arximed, Geron, Platon, Ptolomey va boshqalarning xizmatlari benihoya 
kattadir. 
Sharq mamlakatlarida mexanika fani IX asrdan boshlab rivojlana boshladi. 
Qadimgi Yunon olimlarining asarlarini ijodiy o‘rganib, mashhur vatandoshimiz Abu Ali 
ibn Sino o‘zining «Donishnoma» asarida yuklarni ko‘taradigan uskunalar haqida 
fikrlarni aytadi. Al Xorazmiy «Fanlar kaliti» asarida mexanika fani to‘g‘risida 
g‘oyalarni ilgari suradi. SHarqning mashhur olimlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Abdulloh al Xorazmiy, Umar Xayyom, Forobiy va boshqalar mexanika fanining 
rivojlanishida munosib hissa qo‘shganlar. 
Yurtimizda YII-YIII asrlarda islom dinining kirib kelishi bilan mahobotli masjid, 
madrasa, minora, maqbaralar qurilishi avj olib ketdi. Shunday qadimiy yodgorliklardan 
hozirgi kungacha saqlanib kelayotganlaridan biri 1127 yilda muhandis va me’mor Bako 
tomonidan bunyod etilgan Buxorodagi Minorai Kalon ulkan minora hisoblanadi. Ushbu 
minoraning balandligi 50 m, asosining diametri 9 m bo‘lib, yuqoriga borgan sari 
ingichkalashib borgan. Hozirgi kun qurilish mexanikasi nuqtai nazari bilan qaraganda, 
ushbu minoraning shakli siqilishga teng qarshilik ko‘rsatuvchi jism sifatida, 
zilzilabardosh qilib qurilganligidir. Bunday qadimiy me’morchilik obidalarini asrlar 
osha shu kungacha etib kelishi bobokalon me’mor va ustalarimizning amaliy qurilish 
mexanikasidan yaxshi xabardor ekanliklarini bildiradi. 
Qadimgi Yunon olimlarining asarlarini ijodiy o‘rganib, ularni o‘z asarlari bilan 
boyitgan sharq olimlari dunyoda mexanika fanini rivojlanishida ulkan hissa qo‘shdilar. 
Ushbu boy meros turli yullar bilan Yevropaga kirib bordi. Natijada mexanika fanining
keyingi rivoji Evropaga ko‘chdi. 


45 
Evropada uyg‘onish davrida Leonarda da Vinchi, Kopernik, Galileo Galiley, 
Nyuton singari mexanikaning buyuk olimlari olamshumul ixtirolari va ilmiy asarlari 
mexanikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Italiyalik mashhur olim Galileo 
Galileyning (1564-1642) «Ikki yangi fan haqida suhbatlar va matematik isbotlar» asari, 
materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanlari to‘g‘risida birinchi kitob 
hisoblanadi. 1678 yilda ingliz olimi Robert Guk (1635-1703) o‘zining mashhur qonuni, 
ya’ni jismning elastik deformatsiyasi unga ta’sir qiluvchi kuchga to‘g‘ri 
proporsionalligini kashf qildi. Hozirgi zamon qurilish mexanikasining barcha 
nazariyalari ana shu qonunga asoslanadi. 
XVIII asrda sanoatning keng rivojlanishi, XIX asrda temir yo‘llarning, ko‘priklar 
va yirik sanoat binolarining qurilishi, qurilish mexanikasi fanini yanada rivojlanishiga 
turtki bo‘ldi. Ushbu va bundan keyingi davrlarda qurilish mexanikasi fanining
rivojlanishiga chet ellik olimlardan Dalamber, Lagranj, Kulon, Lame, Sen-Venan,Eyler, 
Maksvell, Mor va boshqalar, rus va sovet olimlaridan D. I. Juravskiy, F. S. Yasinskiy, 
V.G.Shuxov, 
L.R.Proskuryakov, 
A.N.Krilov, 
N.G.Bubnov, 
B.G.Galyorkin, 
I.M.Rabinovich, V.Z.Vlasov, K.S.Zavriev, A.F.Smirnov, N.I.Bezuxov, V.V.Bolotin, 
A.V.Darkov va boshqalarning katta hissa qo‘shdilar. 
Qurilish mexanikasi fanini rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlardan akademiklar 
M.T.O‘rozboev, X.A.Rahmatullin, V.Q.Qobulov, T.R.Rashidov, T.Sh.Shirinqulov va 
boshqalar o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Akademik M.T.O‘rozboev o‘zbek 
mexaniklarining otasi hisoblanib, inshootlar seysmik mustahkamligi nazariyasini 
yaratilishida munosib hissa qo‘shgan va birinchi bo‘lib o‘zbek tilida nazariy mexanika 
va materiallar qarshiligi kurslaridan o‘zbek tilida darslik yaratgan. Akademik 
X.A.Rahmatullin elastik va elastik-plastik muhitlarda to‘lqin tarqalishini dinamik 
nazariyalarini yaratib, Moskva Davlat Universiteti talabalariga dars bergan. 
O‘zbekistonda kibernitikaning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan akademik olim 
V.Q.Qobulov yaxlit muhitlar mexanikasini algoritmlash, avtomatik boshqaruv 
sistemasini yaratishda, inshootlarni hisoblashda EHMdan foydalanish sohasida samarali 
ishlar olib borgan. Akademik T.R.Rashidov er osti inshootlari seysmik mustahkamligi 
nazariyasini yaratishda ulkan ishlarni amalga oshirgan. Akademik T.Sh.Shirinqulovning 
zamin va poydevorlar sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari ko‘p davlatlarda tan 
olingan.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling