sistemalarning qurilish mexanikasi, plastina va qobiqlar qurilish mexanikasi kabi
fanlarni o‘z ichiga oladi.
Materiallar qarshiligi asosan inshoot qismlari yoki elementlari-ning taqribiy
hisoblari bilan shug‘ullanadi. Qurilish mexanikasi (tor ma’noda) materiallar
qarshiligidan farqli ravishda inshootlarning (qismlar va elementlar majmuasi) taqribiy
hisoblari bilan shug‘ullanadi. Elastiklik nazariyasida esa yuqoridagidan farqli o‘laroq,
masalalar qat’iy va aniq echilishi talab etiladi. Shuning uchun bu erda ancha murakkab
matematik apparatdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shuni e’tiborga olish lozimki, bu
fanlar orasida aniq chegara o‘tkazish qiyin.
Plastiklik nazariyasi plastik hamda elastigu plastik jismlar deformatsiyasi va
kuchlanishlari orasidagi munosabatlarni o‘rganishga bag‘ishlanadi.
Polzuchest
(sirg‘alish)
nazariyasi
jismlarning
vaqt
o‘tishi
bilan
deformatsiyalanishi yoki o‘zgarmas deformatsiya holatida vaqtga bog‘liq holda
kuchlanishning o‘zgarishi muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Hozirgi vaqtda qurilish mexanikasining yangi zamonaviy yo‘nalishi shakllandi –
bu ch e k l i e l e m e n t l a r n a z a r i ya s i deb ataladi. Bu nazariyadan foydalanib,
qurilish mexanikasining barcha masalalari shaxsiy EHM yordamida echilishi mumkin.
Bundan tashqari, qurilish mexanikasi tajribalarga asoslanib rivojlanuvchi nazariy
fandir. Nazariyaga asoslanib erishilgan har bir natija tajribada tasdiqlanmaguncha
amaliyotga qo‘llanilmaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, qurilish mexanikasining barcha masalalari
ikkiga bo‘linadi, ya’ni: statik masalalarda vaqt hisobga olinmagan holda o‘rganilsa,
dinamik masalalarda vaqt va inshootlarda hosil bo‘ladigan vaqtning hosilasi sifatida
qaraladigan inersiya kuchlari hisobga olib qaraladi.
Statik va dinamik masalalar, o‘z navbatida, bir o‘lchamli, yassi va fazoviy
masalalarga bo‘linadi. Bir o‘lchamli masalalarda noma’lum faktor bitta koordinata
44
Do'stlaringiz bilan baham: |