6- nazorat ishi. Diktant


Download 0.88 Mb.
bet2/7
Sana14.05.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1461754
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqilish dilrabo

10- nazorat ishi. Bayon
Tabib

Reja _______.
1.Ibn Sino saroyga keldi.
2.Ibn Sinoning istagi.
3.Podsho qoyil qoldi.

11-nazorat ishi. Diktant
Qirda

Bahorning oxirgi haftasi edi. Qirda mayin shabada esmoqda. Birdan momaqaldiroq gumburladi. Chaqmoq chaqdi. Yomg`ir yog`a boshladi. Cho`pon bobo qo`ylarni qo`raga haydadi. Nabirasi Islom ko`rinmay qol-di. Bobo uni yomg`irdan qo`rqib uyga ketgandir deb o`ylab, ho`l bo`lgan kiyimlarini almashtirdi va chodirdan tashqariga chiqdi.
Uzoqdan yangi tug`ilgan qo`zichoqni ko`tarib Islom kelardi.Ona qo`y qo`zichoqni yalamoqchi bo`lib, Islomning atrofida ma`rardi.Islom qo`zini cho`pon bobo oldiga qo`ydi. Cho`pon bobo nabirasiga mamnun bo`lib qaradi. ( 70 ta so`z)
Topshiriq: Kelishik qo`shimchalarini olgan so`zlarni kelishiklar tartibi bo`yicha yozing.

12- nazorat ishi. Diktant
Gulzor

Hovlimizda gulzor bor.Erta bahorda sap-sariq bo`tako`z , qip-qizil lola, may oyida esa oq va qizg`ish atirgul ochiladi.Hovliga kirishingiz bilan xushbo`y hid dimog`ingizga uriladi. Tong chog`ida bulbullarning yoqimli sayrashi kishi diliga huzur beradl. Quyosh nurida gul va barglardagi shabnam yiltiraydi .
Gulzor chetida katta, baland supa bor.Ertalab va kechqurun supada o`tirib dam olamiz.
Kapalaklar gullarni yoqtiruvchi go`zal hasharotlardir.Ular guldan-gulga qo’nib yayraydilar. ( 66rft ta so`z)
Topshiriq: Qanday?,qanaqa? So`roqlariga javob bo`lgan so`zlarni tagiga chizing.

13- nazorat ishi. Insho
Go`zal qish
Reja
1.Qish faslida tabiatning ko`rinishi.


2.Qishda qushlar va hayvonlar hayoti.
3.Bolalar tabiat quchog`ida.
4.Qish fasli shoirlar tarifida.
14- nazorat ishi. Diktant
Dumli yulduzlar
Samoda juda katta hajmdagi dumli yulduzlar paydo bo`ladi.Uni ilmiy tilda kometa deyiladi.
Masalan: 1811-yilda ko`ringan kometaning diametri yer sharining diametridan 100 marta katta bo`lgan. 1882-yilda ko`ringan kometaning dumi 1 milliard kilometr. Ya`ni yer orbitasining diametridan3 marta katta bo`lgan.Kometa kunduzi quyoshning yonida ko`rinib, 40 ta to`in oy yorug`ligi darajasida nur sochgan. Bu holatni kuzatish qanday zavqli. ( 60 ta so`z)
Topshiriq: Sonlarni ko`chirib yozing.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling