6- nazorat ishi. Diktant


Download 0.88 Mb.
bet4/7
Sana14.05.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1461754
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqilish dilrabo

16- nazorat ishi. Diktant
Kapalak

Bir bor ekan, bir yo`q ekan.Gulzorda shohi qanotli kapalak yashar ekan. U guldan gulga qo`nar, qo`shiq aytib, raqsga tushardi. O`rtoqlari uni tomosha qilishar edi.
Kaplak o`z chiroyidan juda g`ururlanib ketibdi. O`rtoqlarini nazar-
pisand qilmabdi. Kapalaklar undan xafa ekanliklarini aytishibdi. Shohi qanotli kapalak ularning gaplariga parvo qilmabdi.
Bir kuni havo aynib, qattiq shamol turibdi. Kapalaklar qo`rqib, barg
va shox-shabbalar orasiga yashirihib olibdilar.Shohi qanotli kapalakni ham chaqirishibdi. Lekin u kelmabdi.Qattiq shamol esa uni uzoqlarga uchirib ketibdi. ( 79 ta so`z)
Topshiriq:Kishilik olmoshlarini ko`chirib yozing.

17- nazorat ishi. Diktant
Anhorda

Yozning issiq kunlari edi. Sobir, Salim, G`ani anhorga borishdi.Sobir yechinib suvga tushdi va anhorda baliqdek suzib ketdi. Salimning havasi keldi. Lekin suzishni bilmasdi. Sobir suvdan chiqdi. Salimning oldiga keldi. Issiq qumga yotib oldi.
Salimga juda alam qildi. Kiyimini yechib, anhorga sakradi. Og`ziga suv kirib, nafasi qaytib ketdi. Oyoq-qo`llarini chapillatdi. Shu payt uni kimdir suvdan tortib oldi. Salim qarasa,G`ani ekan. U akasiga mahkam yopishib oldi. Yig`lamoqchi bo`ldi-yu, ammo uyaldi. ( 72 ta soz) Topshiriq; Fe`llarni tagiga chizing.

18-nazorat ishi, Diktant
Shama

Onam choy shamasini tashlamaslikni aytdilar. Shama foydali ekan. Uni yig`ib, o`g`it qilish mumkin. Men bu yil shamani yig`ib, o`g`it qildim. Erta ko`klamda shama o`g`itiga pomidor, gullar urug`ini sepdim. Yumshoq o`g`itda urug`lar tez undi.Yashil bo`lib ko`kardi.Tejamli bo`lish yaxshi. Ekish uchun yuzta pomidor, yuzdan ortiq gul ko`chatlari tayyorladim. Onam bu ishimdan juda quvondilar. Kuzda qip-qizil pomidorlar mo`l hosil berdi. Gullarim chaman-chaman ochildi. Ularning urug`larini yig`dim. Kelasi yili yana ko`chat yetishtiraman. ( 72 ta so`z)
Topshiriq: Shaxs-son qo`shimchalarini belgilang.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling