6- nazorat ishi. Diktant
Download 0.88 Mb.
|
mustaqilish dilrabo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7- nazorat ishi. Bayon
- 9- nazorat ishi. Diktant
6- nazorat ishi. Diktant G`anijon shaxmatchi Ga`nijon juda yoshligidan shaxmat o`ynashga qiziqardi. Uning otasi va akalari shaxmat ustasi edilar. G`anijon doimo ularning o`yinlarini kuzatib borardi.Ko`pincha, akasiga o`rgatishni iltimos qilardi.Akasi ukasiga qanday qilib raqibiga hujum qilish yo`llarini qunt bilan o`rgatardi. G`anijon shaxhmat o`yinini o`rganib oldi. Keyinchalik maktabdagi shaxmat-shashka to`garagiga ham qatnasha boshladi. Hozir u shaxmat ustasi.O`rtoqlari uni G`anijon shaxmatchi deyishadi.Shaxmat ham qiziqarli sportdir. ( 63 ta so`z) Topshiriq: O`zakdosh so`zni toping va belgilang. 7- nazorat ishi. Bayon Chumchuq Reja 1.Dadam rayhonlarni qo`riqlashni menga topshirdi. 2.Chumchuq-rayxon o’g’risi. 3.Chumchuq iniga ilingan rayxonlar. 4.Rayhon hidiga hasharot kelmas ekan. 8-nazorat ishi. Diktant Qish Har faslning o`z fazilati va o`ziga xos xislati bor. Qish fasllar ichida chiroyga boy, go`zal fasldir. Qishda hammayoq oppoq qor bilan qoplanadi. Havo musaffo, yoqimli bo`ladi. Kishi qancha nafas olsa ham,to`ymaydi.Qish tongi kishiga o`zgacha orom beradi. Quyosh tog`lar ortidan qizarib chiqadi. Qorlar mayda zarralardek, turli-tuman rangda yaltiraydi. Daraxtlar oq kiyimga burkanadi. Ular xuddi xayol surib turganday tuyuladi.Bu faslda bolalar turli o`yinlar o`ynab quvonadilar. ( 68 ta so`z) Topshiriq: Bosh kelishikdagi otlarni tagiga chizing. 9- nazorat ishi. Diktant Test. 1.Gapning oxiriga qanday tinish belgilari qo’yiladi? A) nuqta. B) so’zroq. D) nuqta,so’roq,undov. 2.O’zbekiston taraqqiyot yo’liga chiqdi Gapning maqsadga ko’ra turini aniqlang. A) darak. B) so’roq. D) buyruq. 3.Qaysi gapda qarama-qarshi ma’noli so’z mavjud? A) Ko’p o’qigan ko’p biladi. B) Yahshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga. D) Olim bo’lsang olam seniki. 4.Biz barcha fanlarni qunt bilan o’rganmoqdamiz. Gapning bosh bo’laklarini belgilang. A) fanlarni o’rganmoqdamiz. B) barcha fanlarni. D) biz o’rganmoqdamiz. 5.Ma’no jihatdan bo’glanmagan so’z qatnashgan gapni toping. A) Kuz faslida qovun, tarvuz kabi mevalar g’arq pishdi. B) Asalari guldan gulga qo’nib bol yig’ardi. D) Men kelajakda chagerachi bo’lib vatanimni qo’riqlayman. 6.Uyushiq bo’laklar ohang yordamida bog’lansa qanday tinish belgisi qo’yish kerak? A) vergul. B) ikki nuqta. D) nuqtali vergul. 7.Ikkinchi darajali bo’lak uyushib kelgan gapni belgilang. A) nodir she’rni o’qidi va yodladi. B) Nozikkina, chiroyli kapalak yguzorimda uchib yurardi. D) olma,behi,yong’oq kabi mevalar foydali ekanini bilasizmi? .Matn haqidagi noto’g’ri fikrni belgilang. A) matn nutqning og’zaki shakli. B) matnga sarlavha qo’yish mumkin. D) matn mazmun jahatdan bog’langan gaplardan tuziladi. 9.Birinchi shaxs egalik qo’shimchalarini belgilang. A) –m, -im,-miz,-imiz. B)-ng,-ing,-ingiz. D) –I,-si-lari. 10.Yasama otlar berigan qatorni toping. A) kitobga,maktabdan.binpkor. B)bo’yoqchi, guldon,bog’bon. D)elim, chiroying, suhbati. 11.Son so’z turkumi qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A)qanday,qanaqa? B) kim,nima? D) qancha nechta. 12.Bo’lishsiz fel qatnashgan gapni toping. A) havo bulut bo’ldi, lekin yomg’ir yog’madi. B) dam olish kuni sayrga chiqdilar. D) Ahror kuchugiga Olapar deb ism qo’ydi. 13.Sanoqni bildirgan son qatnashgan gapni belgilang. A) tovug’im sakkizta jo’j a ochdi. B) men to’rtinchi sinfda o’qiyman. D) ukam ikkinchi bolalar bog’chasida tarbiyalanadi. 14.Yangi so’z hosil qiladigan qo’shimchalar qanday nomlanadi? A) so’z ozgartuvchi qo’shimcha. B) so’z yasovchi qo’shimcha. D) kelishik qo’shimcha. 15.So’z qismlaridan qaysi biri doimo ishtirok etadi? A)egalik qo’shimchasi. B)so’z o’zgartuvchi qo’shimca. D)o’zak. 16.Qaysi bo’laklar gapning asosiy mazmunini tashkil qiladi? A)bosh bo’laklar. B)ikkinchi darajali bo’laklar. D)a va b to’g’ri. 17.Quyosh bulutlar ortidan ko’rindi.Kesimga so’roq bering. A)nima? B)nima qildi? D)qanday? 1 .Men Vatanimni ko’z qorachig’iday asrayman.Ushbu gapga mos chizmani belgilang. A)____ _____ _____ _____ ______. B)_____ _____ ______ _______. D).____ ____ ____ ____. 19. Salima uy ishlarida onasiga ko’maklashadi.Gapning egasini toping. ______________________________________________. 20. Ot so’z turkumi qanday so’roqqa javob bo’ladi?___________. 21.Sifat so’z turkumi so’roqlarini yozing.____________________. 22.Fe’l so’z turkumidagi so’zlar gapda qanday vazifani bajaradi? ______________________________________________________. 23.Sanoq sonlarga qanday qo’shimcha qo’shish orqali tartib son hosil qilinadi?__________________________________________. 24.Hadya so’ziga yaqin ma’noli so’z toping.__________________. 25.Talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozing.____________. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling