6- qalbakilashtirilgan dori vositalarining tahlilida qo‘llaniladigan zamonaviy usullar


Download 282.85 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi282.85 Kb.
#1561747
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
маъруза-6


6- Qalbakilashtirilgan dori vositalarining tahlilida qo‘llaniladigan zamonaviy usullar

Farmatsevtik bozorda iste’molchilar xuquqini himoyalashning asosiy tamoyili dori vositalarining sifati va bezararligini ta’minlashdir.


Qalbaki dorilar insoniyatga avvaldan ma’lum bo‘lib, faqat XX asrning oxiriga kelib dorilarni qalbakilashtirish katta muammoga aylandi. Birinchi marta 1987 yilda Butun jahon sog‘liqni saqlash tashqiloti tomonidan qalbakilashtirish muammosiga e’tibor jalb etildi. Ushbu yilda qalbakilashtirilgan dori vositalari avval rivojlangan davlatlarda, keyinchalik Evropada juda katta miqdorda paydo bo‘la boshladi. Hozirgi kunda butun jahonda bir yilda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari xajmi 200-300 mlrd. dollarni tashqil etsa, shundan 14-21 mlrddi soxta dorilarga to‘g‘ri kelmoqda. Qalbaki dori vositalarini farmatsevtik ishlab chiqarish qurol-yarog‘, narkotik moddalar, alkogol, benzin savdosidan keyingi o‘rinda turibdi. BJSS tashqilotining bergan ma’lumotiga ko‘ra soxta dori vositalari 28 ta davlatda topilgan. 951 xodisadan 25% ishlab chiqarishi rivojlangan, 65 % rivojlanayotgan va 10% noma’lum davlatlarga to‘g‘ri kelmoqda. Soxta dori vositalarini qabul qilish jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi, chunki ular ishlab chiqarilayotganda va sotilishdan oldin sifati nazorat etilmaydi.
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun ta’rifiga ko‘ra – qalbakilashtirilgan dori vositasi – tarkib va (yoki) ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on ma’lumot ilova qilingan dori vositasi; sifatsiz dori vositasi - yaroqsiz holga kelgan dori vositasi va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasidir.
Bunda dori vositasining sifat tahlili natijasida bir yoki bir nechta testlar bo‘yicha tasdiqlangan standart talabiga javob bermaydigan dori vositasi nazarda tutiladi.
Sifatsiz dori vositalari yorliqlarida ishlab chiqaruvchining nomi atayin yashirilmaydi.
Tarkibni bilmagan holda o‘zgarishi, nostandart xom ashyoning qo‘llanilishi, texnologik jarayonni buzilishi, tashish va saqlash jarayonida talabga rioya qilmaslik dori vositalarining sifatsiz bo‘lishiga olib keladi.



Download 282.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling