6-Amaliy ish Mavzu: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi ishlab chiqarish quvvatini aniqlash (4 soat)
Download 30.87 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
1 6-Amaliy ish Mavzu: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi ishlab chiqarish quvvatini aniqlash (4 soat) Ishdan maqsad: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasining vaqt fondi va ishlab chiqarish quvvatini xisoblash. Nazariy qism Ishlab chiqarish bazasi – inshootlar, mashinalar va jixozlar majmui bo‘lib, yo‘l qurilishi uchun zarur bo‘lgan materiallarni qazib chiqarish, yarim maxsulotlar, buyum va detallarni tayyorlashni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish korxonalariga omborlar, rels bo‘yi bazalar, temir yo‘l va boshqa qatnov yo‘llari, dastlabki maxsulotni tayyorlash uchun qurilmalarlar kompleksi – asfaltbeton va sementbeton zavodlari, emulsiya bazalari, ishchilar yashashi va xizmat qilishi uchun binolar va xonalar (oshxona, garderob, yotoqxona va boshqalar) kiradi. Korxonalar quvvatiga, bir joyda ishlash muddatiga qarab doimiy (statsionar), yarim statsionar (buzib quriladigan) va ko‘chma turlarga bo‘linadi. Yo‘llarni tezkorlik usuli bilan qurishda ko‘chma korxonalarning alohida o‘rni bor. Bunday korxonalarning hamma yoki aksar agregatlari va mashinalari pnevmatik g‘ildiraklar ustiga o‘rnatiladi. SHuningdek, tez buzib quriladigan omborlar ham korxonani qurilayotgan yo‘lning bir uchastkasidan boshqasiga ko‘chirish va yo‘l qurilish oqimiga qo‘shilib ketish imkonini beradi. Mashinasozlikdagi texnologik jarayonlarning murakkabligiga va imkoniyatlariga qarab, korxonalar avtomatlashgan, robotlashgan, berilgan dastur bo‘yicha ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Korxonada ko‘plab mashinalar, jumladan avtomatlashgan mashinalarning bo‘lishi, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, sozlash ishlarini tegishlicha tashkil etishni taqozo etadi. Korxona ishining samaradorligiga maxsus yuk ortish-tushirish jihozlari bo‘lgan ombor xo‘jaligining ahamiyati bor. Moddiy-texnik bazani yanada rivojlantirishni avtomobil yo‘llari, binolar, ko‘priklar va boshqa inshootlarning ishonchliligini oshiradi, ayni vaqtda, qurilishning material sig‘imi va narxini, avtomobil yo‘lini ekspluatatsiyaga topshirish muddatini qisqartiradi. Download 30.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling