6-Amaliy ish Mavzu: Tog‘ jinslarini qazib olish korxonasi ishlab chiqarish quvvatini aniqlash (4 soat)
Download 30.87 Kb. Pdf ko'rish
|
Korxonaning quvvatini aniqlash
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati qazib olib, qayta ishlash imkoni bo‘lgan maksimal material hajmi, berilgan sifatdagi yarim mahsulotlar, qorishmalar va buyumlar miqdori bilan o‘lchanadi. Ularni berilgan vaqt davomidagi ishlash sharoitlari, ishlab chiqarish vositalaridan to‘liq foydalanish, oqilona ish rejimi, samarali texnologiya va tashkillash, ilg‘or tajribalarni qo‘llash, xavfsizlik texnikasi shartlarini bajarish shartlari asosida aniqlash lozim. Korxona yoki sexning ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda uch xil vaqt fondi ishlatiladi: kalendar (maksimal), rejimli (nominal), rejaviy (hisobiy). Kalendar vaqt fondi-hisobiy davrdagi (yil, chorak, oy) kalendar kunlar soni; rejimli vaqt fondi-muayyan kalendar davrida,korxonaning ish rejimidan kelib chiqqan holda,uskunaning ishlash mumkin bo‘lgan vaqti davomiyligi: T r.f = T k.f – (T dam + T b + T i ), (169) Bu erda T dam T b T i -dam olish va bayram kunlari,iqlim sharoitlariga qarab ishlanmaydigan kunlari soni (ba’zi korxonalar uchun) Rejaviy (hisobiy) vaqt fondi: T r.v = (T r.f – T j.t )(100 – T q.t )/100 (170) Bu erda T r.v - rejimli vaqt fondi; T j.t , T q.t - kapital va joriy(%) ta’mirlar davomiyligi. Quvvatni aniqlashda yordamchi sexlar imkoniyati quvvati ham hisobga olinadi. 2 Korxonaning samaradorligini aniqlashda ishchi qurilmalarning quvvati va vaqt fondidan foydalaniladi. Korxonaning ish rejimi asosiy qurilmaning ish vaqti fondiga bog‘liq. Korxonaning vaqt fondi kalendar, nominal va hisobiy bo‘lishi mumkin. Kalendar vaqt fondining yillik vaqt fondi: F k =24*365=8760 soat (171) Nominal vaqt fondida ish smenasi va ish kunlari hisoblanadi. Yildagi nominal vaqt fondi: F n =(365-(T d +T b ))*K sm *T sm -T pr (172) Bu erda: T d -dam olish kunlari; T b -bayram kunlari; K sm -sutkadagi smenalar soni; T sm -smena davomiyligi; T pr -bayram oldi soatlar soni; (2 soat) Download 30.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling