Erkin montaj, bunda montaj qilinayotgan element hech qanday cheklashlarsiz erkin holatda
ko’chirish bilan loyihaviy holatga o’rnatiladi. Bu usul elementni o’rnatishda fazodagi holatini doimiy
nazorat
qilishni, balandlikda to’g’irlash, mahkamlash va boshqa operatsiyalarni bajarish, zarurligini
talab etadi. Usulning kamchiligi – ishlarning murakkabligi va yuqori mehnat sarflanishi.
CHegaralangan-erkin montaj montaj qilinadigan konstruktsiya erkin ko’chirishni
qisman
chegaralaydigan yo’naltiruvchi tayanchlar, fiksatorlar va boshqa moslamalarga o’rnatiladi, lekin ular
vaqtinchalik mahkamlash va to’g’irlashga ketadigan mehnat sarfini kamaytiradi.
Bu usul montaj tsikli
vaqtini kamaytirish hisobiga kran jihozining ish unumdorligini oshiradi.
Majburiy montaj qilish konstruktsiyalarnikonduktorlar, manipulyatorlar,
indikatorlar va
boshqa vositalardan foydalanishga asoslangan bo’lib, bunda konstruktsiyalarning xususiy massasi va
tashqi ta’sirlar ostida ko’chishi to’liq yoki berilgan chegaralarda cheklanadi. Bu usul montaj
aniqligining oshishini ta’minlab, mehnat sarfini sezilarli darajada kamayishiga olib keladi.
Elementlarni o’rnatish ketma-ketligi bo’yicha montajusullari
Bino va inshootlar konstruktsiyalarini yig’ishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
yig’ish ketma-ketligi montajning har bir bosqichida binoning montaj qilingan qismlarining
ustivorligi va geometrik o’zgarmasligini ta’minlashi kerak;
binoning har bir uchastkasida konstruktsiyalarni o’rnatish
montaj uchastkasida keyingi
ishlarni amalga oshirishga imkon berishi kerak;
montaj, umumqurilish va maxsus ishlarni ob’ektda qo’shma (hamma ishlarni o’z ichiga
olgan) grafik bo’yicha bajarishni hisobga olish bilan ularning xavfsizligi.
Qabul qilingan ketma-ketlikka bog’liq ravishda konstruktsiya elementlarini o’rnatish quyidagi
usullar bilan amalga oshiriladi: differentsial (alohida, bo’lingan), kompleks (majmuali) va aralash
(kombinatsiyalashgan) usullar.
Do'stlaringiz bilan baham: