6-amaliy mashg'ulot. Maxsus kranlar va mexanizmlar To’rt oyoqli kranlar
Elementlarni yiriklashtirish darajasiga qarab montaj
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-amaliy mashgulot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mayda elementli montaj
- Elementli montaj
- Yirik blokli montaj
- Komplekt-blokli montaj
Elementlarni yiriklashtirish darajasiga qarab montaj qilish usullari Konstruktsiyalarni yiriklashtirish darajasiga qarab montaj mayda elementli, elementli, yirik blokli, komplekt-blokli va inshootlarni tayyor ko’rinishda montaj qilish turlariga bo’linadi. Mayda elementli montaj alohida konstruktiv elementlardan iborat bo’lib katta mehnat sarfi, montaj qilinadigan turli montaj elementlarining massalaridagi katta farq tufayli montaj mexanizmlarining to’liq yuklanmaganligi, ko’p sonli ko’tarishlar, ko’p sonli tutashuv joylarini to’ldirish bilan tavsiflanadi. Ko’p hollarda alohida elementlarning fiksatsiyasi va bevosita konstruktsiyani yiriklashtirib yig’ish uchun qurilish havozalarini urnatishga zaruriyat tug’iladi. Bu usul kam samarali va juda kam hollarda qo’llanadi. Elementli montaj alohida konstruktiv elementlardan iborat bo’lib (ustunlar, rigellar, yopma panellar va h.k.) tayyorgarlik ishlari uchun kam harajat talab qiladi. Bu usul jamoat va sanoat binolarini barpo etishda, ularni ob’ekt oldi omboridan va transport vositalaridan montaj qilishda keng qo’llaniladi. Yirik blokli montajoldindan alohida elementlardan yig’ilgan, geometrik o’zgarmas tekis yoki fazoviy bloklardan tashkil topadi. Bloklarning massasi mumkin qadar montaj mexanizmlarining maksimal yuk ko’taruvchanlik darajasigacha yetkaziladi. Bunda montaj ko’tarilishlar soni kamayadi, balandlikda bajariladigan bir qancha montaj operatsiyalari inkor etiladi. Tekis blokka oid misollar – ko’p qavatli bino karkasining ramasi, tom yopmasi qobig’i bloki; fazoviy elementlar – bir qavatli sanoat binolarining yacheyka o’lchamlaridagi tom yopma bloklari fermalar, bog’lamalar, yopma konstruktsiyalarni bilan birgalikda. Komplekt-blokli montaj yacheyka o’lchamidagi to’liq darajali zavodda tayyorlangan yirik bloklarni nazarda tutib u o’z ichiga ferma belbog’lari orasiga joylashtirib montaj qilingan kommunikatsiyalar – sanitar-texnik, elektrotexnik, ventilyatsion elementlarni nazarda tutadi. Fuqaro qurilishida bu usul blok xonalar va blok kvartiralar montajini o’z ichiga oladi. Barpo etilayotgan bino yirik gabaritli lekin transport qilishga qulay konstruktiv tugallangan, butunlay pardozlangan (bo’yalgan, pardozlangan, pollar bilan qoplangan) va jihozlar bilan komplektlangan montaj bloklariga bo’linib, ular montaj qilish joyiga yetkaziladi va binoni yig’ish amalga oshiriladi. Bunday montaj bloklarining og’irligi 100 t gacha yetadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling