6-amaliy mashg'ulot. Maxsus kranlar va mexanizmlar To’rt oyoqli kranlar
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
7-amaliy mashgulot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.24-rasm. Minorali kranning kerakli texnik parametrlarini aniqlash
- Strelali kranlar
Minorali kranlar. Montaj kranini tanlash uchta asosiy tavsiflarni topish orqali aniqlanadi: –
talab qilingan yuk ko’taruvchanlik (montaj massasi);ilmoqning ko’tarish balandligi (montaj balandligi) va strelaning qulochi (8.24rasm) Kranning talab qilinadigan yuk ko’taruvchanligi: bu yerda – ko’tarilgan yukning maksimal massasi, t; – traversa yoki boshqa ilish moslamasining massasi. Ilmoqning ko’tarilish balandligi: 8.24-rasm. Minorali kranning kerakli texnik parametrlarini aniqlash bu yerda – konstruktsiya o’rnatiladigan otmetka (sathiy belgi), m; – balandlik zahirasi – montaj sathi va montaj qilinayotgan elementning tag qismi orasidagi minimal masofa (odatda 0,4...1,0 m), m; – elementning montaj holatidagi balandligi (yoki qalinligi); – ish holatidagi stropovka balandligi montaj qilinayotgan element yuqorisidan kran ilmog’igacha (ilmoqlar joylashish 1:1...1:2, balandlik 1...4 m oraliqda), m. Kran strelasining qulochi (kran ilmog’ining): ⁄ bu yerda – kran osti yo’lining eni, m; – binoga yaqin bo’lgan kran osti yo’li boshchasidan binogacha bo’lgan masofa; – binoning eni, m; 1m – xavfsiz montajni hisobga olgan holda elementini qabul qilish uchun minimal zahira. Strelali kranlar. Strelali kranlar, odatda, bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda ko’plab qo’llanilib, karkasning eng og’ir elementlari (ustun, kran osti balkasi, stropila osti va stropila fermasi)ni montaj qilish uchun tanlanadi, ular strelaning minimal qulochida montaj qilinishi mumkin va shuningdek ular nisbatan yengil bo’lgan elementlar (tom ora yopma va tom yopma plitalari)ni yotqizish imkoniga ham tekshiriladi, chunki ular ferma ustidan ko’tariladi va ferma ustiga joylashtiriladi, ya’ni strelaning kattaroq qulochida yotqiziladi. Ilmoqning talab qilingan maksimal yuk ko’taruvchanligi va ko’tarish balandligi minorali kranlarnikiga o’xshash tarzda aniqlanadi. Har bir montaj qilinadigan element uchun montaj gorizonti, elementning hisobiy o’lchamlari, montaj moslamalarining haqiqiy balandligini bexato aniqlash zarurdir. Ustun uchun uning bor balandligini va ustun tepa qismidagi faqat strapovka qismini, ferma uchun o’rnatilgan ustunning tepa qismi, tom yopma plitasi uchun o’rnatilgan ferma tepa qirrasining sathini hisobga olish toqazo etiladi. SHuni hisobga olish kerakki, ustun, balka va ferma montaji kranning minimalь qulochida bajariladi, shu sababli bu konstruktsiyalar uchun optimal kran tanlashda zarur bo’lgan yuk ko’taruvchanligi va ilmoq ko’tarilishi balandligini bilish zarur, strela qulochini aniqlash shart emas. Tom yopmalar montaji uchun strela qulochini aniqlash metodikasi o’zi yurar strelali kran uchun yoki guskali kran uchun yoki minora– strelali kran uchun turlicha bo’ladi. Strelali kran uchun (8.25-rasm) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling