Differentsial yoki alohida usul bir xil tipdagi konstruktiv elementlarni o’rnatish bilan
xarakterlanib, unga ularni vaqtinchalik va uzil-kesil (batamom) mahkamlash ham kiradi. Bir qavatli
sanoat binolari uchun avval barcha ustunlar o’rnatiladi, so’ngra barcha kran osti to’sinlari, montaj
kranining oxirgi yurishida devor elementlari o’rnatiladi. Ko’p qavatli turar-joy binolarida ketma-ket
devor panellari, pardevorlar, santex kabinalar va boshqa elementlar montaj qilinadi. Qavatdagi ishlar
yopma panellarini yotqizish bilan yakunlanadi.
Kompleks usul – bu usul binoning bitta yacheyka karkasini tashkil etuvchi turli konstruktiv
elementlarni ketma-ketlikda o’rnatish, vaqtinchalik va yakuniy (batamom) mahkamlashni nazarda
tutadi. Boshqa yacheyka elementlarini o’rnatish oldingi yacheyka konstruktsiyalarini loyihaviy
mustahkamlashdan so’ng boshlanadi. Bu sxemaning afzalligi montaji tugagan yacheykalarda navbatdagi
pardozlash ishlarini bajarish va texnologik uskunalarni o’rnatishga vaqtliroq kirishish mumkinligidir. Bu
usul ko’p qavatli karkasli va karkassiz binolar, metall karkasli bir qavatli sanoat binolarining montajida
qo’llaniladi.
Aralashyokikombinatsiyaliusulalohida
(bo’lingan)
va
kompleks
usullarni
birgalikda
qo’shishdan tashkil topadi. Aralash montaj usulidan ko’pincha yig’ma temirbetondan iborat bir qavatli
sanoat binolarida foydalaniladi. Birinchi montaj oqimida barcha ustunlar o’rnatiladi, ikkinchi montaj
oqimida yacheykalar bo’ylab kran osti to’sinlari, stropil fermalari va yopma panellari montaj qilinadi,
uchinchi oqimda devor panellari o’rnatiladi. Bu usul har bir montaj oqimi mustaqil montaj vositalari
bilan ta’minlash imkoniyati bo’lganda samarali hisoblanadi. Barcha uchta montaj mexanizmlari uchun
Элементларни ўрнатиш кетма-кетлиги бўйича
монтаж усуллари
Do'stlaringiz bilan baham: |