montajning vaqt bo’yicha ko’chirilishining ta’minlangan bo’lishi esa montaj
ishlari muddatini keskin
qisqarishiga olib keladi.
Montaj elementlarini loyihaviy holatga o’rnatish usullari
Qurilish amaliyotida konstruktsiyalarni o’rnatishning quyidagi usullari qaror topgan
(o’rnatilgan): o’stirish, tagidan o’stirishsurish, va vertikal ko’tarish(8.27-rasm).
O’stirish metodi barcha turdagi binolarni montaj qilishda keng tarqalgan.
Elementlarni
o’rnatishni montaj qilishning hamma 3 xil usuli – differentsial, kompleks
va aralash usullar bilan
bajarish mumkin. Konstruktsiyani montaj qilish uni avvaldan o’rnatilgan konstruktsiya ustiga montaj
qilish bilan amalga oshiriladi
va u konstruktsiyalarni ilish, loyiha holatiga ko’tarish, tayanchlarga
o’rnatish, konstruktsiyalarni vaqtinchalik mahkamlash va holatini to’g’irlash,
konstruktsiyalarni
ilmoqlardan bo’shatish va loyihaviy holatga mahkamlashni o’z ichiga kiritadi.
Usul binoni gorizontal bo’ylab butun uzunligi bo’yicha (qavatning butun maydoni bo’yicha)
binoning elementlarini ketma-ket o’stirishdan tashkil topgan bo’lib, xuddi shu tartibda qolgan
qavatlarda ham davom ettiriladi. Montaj elementlari sifatida
alohida konstruktsiyalar, yiriklashtirilgan
chiziqli
elementlar, yassi va fazoviy bloklar bo’lishi mumkin. Bu usul istalgan zamonaviy metodlar
yordamida binoni barpo etishni tashkil qilishga imkon berib, ishlarni har qanday tashkil etishda barcha
ishlarning eng turli-tuman majmuaviy mexanizatsiyasini qo’llashni, ishlarni
olib borishning umumiy
davomiyligini qisqartirish maqsadida texnologik jarayonlarni maksimal darajada birgalikda qo’shib olib
borishni ta’minlaydi.
10.27-rasm. Bino va inshootlarni motaj qilishning asosiy usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: