6-bob rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash
Temir-tersak hosil bo‘lish manbalari
Download 0.6 Mb.
|
Metallarresiklingi6-bob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2-rasm. Zararlangan mis xom ashyolari
Zararlangan mis xom ashyolaridan xomaki mis olinadi. Zararlangan mis xom ashyolariga shlaklar va quyish sexi chiqindilari (Cu - 15-38 %), kabel va o‘tkazuvchilarning chiqindilari kiradi. 6.2-rasm. Zararlangan mis xom ashyolari Ikkilamchi xomaki mis olovli va elektr toki yordamida tozalanadi. Bundan tashqari qimmatbaho metallarning past navli temir-tersaklar ham shunday tozalanadi. Bularga quyidagilar kiradi: 1) tarkibida 5 foizdan kam kumush va 1 foizdan kam oltin bo‘lgan temir-tersak va ularni chiqindilari; 2) tilla va kumush suvi yuritilgan metalli detallar, ko‘p hollarda polimer materiallar bilan mustahkam bog‘langan detallar; 3) shisha - forfor idish siniqlari; 4) har xil tilla va kumush iplar bilan tikilgan kiyim qopiqlari; 5) qimmatbaho metallardan foydalanishga asoslangan texnologik jarayonlari mavjud korxona va birlashmalarning ishlab chiqarish xonalarini tozalash mahsulotlari va artish materiallari. Davlat standartiga muvofiq hamma mis tarkibli xom ashyolar kimyoviy tarkibidan qattiy nazar uch guruhga bo‘linadi. Misli xom ashyolarga I va II guruhlar kiradi: I guruhga - tarkibida misni miqdori 99,5 foizdan ko‘p qalay bilan qoplanmagan va kavsharlanmagan mis, II guruhiga - M0 - M4 markalariga to‘g‘ri keladigan qalaylangan va kovsharlangan mis kiradi.. Mis - ruxli qotishmalar 6 guruhga bo‘linadi (III-VIII). III guruhga - misni miqdori 60 foizdan kam bo‘lmagan qalay bilan qoplanmagan va kavsharlanmagan qo‘sh latun kiradi. IV guruhga - qalayli, qalayli-qo‘rg‘oshinli, qo‘sh kavsharlanganlar va qalaylangan latunlar kiradi. Bularda qalayni miqdori 2,5 foizdan, qo‘rg‘oshinni miqdori 3 foizdan oshmaydi. V guruhga - qo‘rg‘oshinni miqdori 3 foizdan ko‘p bo‘lmagan qo‘rg‘oshinli latunlar kiradi. Maxsus latunlar VI, VII, VIII guruhlarga kiradi. VI guruhga - kremniyni miqdori 4,5 foizdan ko‘p bo‘lmagan kremniyli latunlar kiradi. VII guruhga - marganetsni miqdori 4 foizdan ko‘p bo‘lmagan, marganetsli latunlar kiradi. VIII guruhga - alyuminiyni miqdori 7 foizdan ko‘p bo‘lmagan, alyuminiyli latunlar kiradi.. IX guruhga - qalayli bronza kiradi. X guruhga - qalaysiz bronza (qotishmalarda 0,25 foizdan ko‘p bo‘lmagan qalay va 1,5 foizdan ko‘p bo‘lmagan ruh) kiradi. XI guruhga - berilliyli bronza kiradi. XII guruhga - qo‘rg‘oshinli bronza kiradi. XIII guruhga - guruhlar va navlar bo‘yicha aralashgan, yuqori darajada zararlangan past sifatli ikkilamchi mis xom ashyolari kiradi. Topshiruvchilar tomonidan topshirilayotgan past navli latun qotishmalarining temir-tersaklari va ularning chiqindilari, umumiy yig‘iladigan latunli temir-tersaklar va ularning chiqindilarini 75 foizini va misni 44 foizini tashkil qiladi. XIII guruh xom ashyosi murakkab va qimmat ishlov berish jarayonlarini (navlarga ajratish qismlarga bo‘lish, magnitli separatsiyalash va boshqalar) talab qiladi. Bu jarayonlar natijasida past navli xom ashyoni latundagi solishtirma ulushi 37 foizgacha, misdagi solishtirma ulushi 17 foizgacha kamayadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling