6-laboratoriya mashg`uloti beton uchun mayda to’ldiruvchilarning xossalari. Qumning xossalarini aniqlash. To`Kma zichlik, zichlik, zarralar orasidagi bo`shliq. Betonlar uchun yirik to’ldirgich chaqiq tosh(shag’AL)ning xossalari


- ISH. QUM TARKIBIDAGI CHANG ARALASHMALARNI ANIQLASH


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana04.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1325119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 (3)

5- ISH. QUM TARKIBIDAGI CHANG ARALASHMALARNI ANIQLASH 
Texnikaviy talablar. Qumdagi changsimon zarralar, gil va loyqa zarralari zararli 
aralashma hisoblanadi. Ular qum donalarini qoplab olgan bo‘ladi, ularning sementtosh bilan 
tishlashuviga xalaqit beradi, bundan tashqari beton qorishmasining suvga talabini oshiradi
betonning mustahkamligini va sovuqqa bardoshliligini pasaytiradi. 
Qumdagi bunday aralashmalarning umumiy miqdorini qumni suvda ivitish yo‘li bilan 
aniqlanadi. Qum ivitilganida mazkur aralashmalar (0,05 mm dan maydaroq zarralar) qum 
zarralaridan ko‘ra sekinroq cho‘kadi, shu tufayli ularni qumdan osonlikcha ajratib olish mumkin. 
Asboblar. Qum ivitiladigan idish, tarozi, quritish javoni, vaqt o‘lchagich, shisha 
tayoqcha. 
Ishlash tartibi. Qumdagi changsimon zarralarni ajratib olish tartibi quyidagicha, massasi 
o‘zgarmaydigan bo‘lguncha quritilgan va elangan (g‘alvir ko‘zlarining diametri 5 mm) 
namunadan tarozida 1000 g tortib olinib, idishga solinadi va ustiga suv quyiladi. Suv sathi qum 
qatlami yuzidan taxminan 200 mm yuqori bo‘lishi lozim. Qum 2 soat ivitib qo‘yiladi, uni davriy 
ravishda shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi, 2 soatdan keyin qum jadal qorishtirilib, 
so‘ngra 2 minutcha tindiriladi, loyqa suv idishning pastki qismidagi ikki teshikdan boshqa idishga 
bo‘shatib olinadi, bunda qum tepasida qolgan suvning sathi 30 mm dan pasayib ketmasligi lozim. 
Bo‘shatib olingan suv o‘rniga idishga ilgarigi sathga etkazib toza suv quyiladi, qum yana shisha 
tayoqcha bilan qorishtirilib, 2 minutcha tindirib qo‘yiladi va loyqa suv yuqorida aytilganidek, 
yana bo‘shatib olinadi. Idishdan tip-tiniq suv tusha boshlaguncha qum shu tariqa yuvilaveradi. 
YUvilgan namuna to massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha quritiladi va zararli aralashmalarining 
umumiy miqdori 0,1% gacha aniqlikda formula yordamida hxisoblab chiqariladi. Natija jadvalga 
yoziladi 
№ 
Quruq holdagi qumning massasi, g 
Aralashmalar miqdori, % 
yuvilishdan oldin 
yuvilishdan so‘ng 


Hisoblash formulasi: 
;
100
1
2
1
m
m
m
W



Bu erda:
1
qumning idishda ivitilgandan oldingi massasi, g; 

2
m - qumning idishda ivitilgandan keyingi massasi, g. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling