6-laboratoriya mashg`uloti beton uchun mayda to’ldiruvchilarning xossalari. Qumning xossalarini aniqlash. To`Kma zichlik, zichlik, zarralar orasidagi bo`shliq. Betonlar uchun yirik to’ldirgich chaqiq tosh(shag’AL)ning xossalari


-ISH. SHAG‘AL TARKIBIDAGI CHANG ARALASHMALARINI ANIQLASH


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana04.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1325119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 (3)

13-ISH. SHAG‘AL TARKIBIDAGI CHANG ARALASHMALARINI ANIQLASH 
Texnikaviy talablar. SHag‘aldagi changsimon zarralar, gil va loyqa zarralari zararli 
aralashma hisoblanadi. Ular shag‘al donalarini qoplab olgan bo‘ladi, ularning sementtosh bilan 
tishlashuviga xalal beradi, bundan tashqari beton qorishmasiiing suvga talabinn oshiradi, 
betonning mustahkamligini va sovuqqa bardoshliligini pasaytiradi. SHag‘aldagi bunday 
aralashmalarning umumiy miqdori shag‘alni suvda ivitish yo‘li bilan aniqlanadi. SHag‘al 
ivitilganida mazkur aralashmalar (0,05 mm dan maydaroq zarralar) shag‘al zarralaridan ko‘ra 
sekinroq cho‘kadi, shu tufayli ularni shag‘aldan osonlikcha ajratib olish mumkin. 
Asbob va uskunalar. Idish, tarozi, quritish javoni, vaqt o‘lchagich, suv, shisha tayoqcha. 
Ishlash tartibi. SHag‘aldan ularni (changsimon zarralarini) ajratib olish tartibi 
quyidagicha: massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha quritilgan va elangan (g‘alvir ko‘zlarining 
diametri 5 mm) namunadan tarozida 1000 g tortnb olinib, idishga solinadi va ustiga suv quyiladi. 
Suv sathi shag‘al qatlami yuzidan taxminan 200 mm yuqori bo‘lishi lozim. SHag‘al 2 soat ivitib 
qo‘yiladi, uni davriy ravishda shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi, 2 soatdan keyin shag‘al 
jadal qorishtirilib, so‘ngra 2 minutcha tindiriladi, loyqa suv idishning pastki qismidagi ikki 
teshikdan boshqa idishga bo‘shatib olinadi. Bunda shag‘al tepasida qolgan suvning sathi 30 mm 
dan pasayib ketmasligi lozim, Bo‘shatib olingan suv o‘rniga idishga ilgarigi sathga etkazib toza 
suv quyiladi, shag‘al yana shisha tayoqcha bilan qorishtirilib, 2 minutcha tindirib qo‘yiladi va 
loyqa suv yuqorida aytilganidek, yana bo‘shatib olinadi. Idishdan tip-tiniq suv tusha boshlaguncha 
shag‘al shu tariqa yuvilaveradi. YUvilgan namuna to massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha 
quritiladi va zararli aralashmalarining umumiy miqdori 0,1% gacha aniqlikda formula yordamida 
hisoblanadi. 
Quruq holdagi shag‘alning massasi, g 
Aralashmalar miqdori, % 
yuvilishdan oldin 
yuvilishdan so‘ng 


Hisoblash formulasi: 
%
100
1
2
1



m
m
m
W
Bu erda: 
1
shag‘alning idishda ivitilgandan oldingi massasi, g;

2
m - shag‘alning idishda ivitilgandan keyingi massasi, g. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling