6-laboratoriya mashg`uloti beton uchun mayda to’ldiruvchilarning xossalari. Qumning xossalarini aniqlash. To`Kma zichlik, zichlik, zarralar orasidagi bo`shliq. Betonlar uchun yirik to’ldirgich chaqiq tosh(shag’AL)ning xossalari


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana04.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1325119
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 (3)



6-LABORATORIYA MASHG`ULOTI 
BETON UCHUN MAYDA TO’LDIRUVCHILARNING XOSSALARI. QUMNING 
XOSSALARINI ANIQLASH. TO`KMA ZICHLIK, ZICHLIK, ZARRALAR ORASIDAGI 
BO`SHLIQ. BETONLAR UCHUN YIRIK TO’LDIRGICH CHAQIQ 
TOSH(SHAG’AL)NING XOSSALARI. CHAQIQ TOSH (SHAG’AL)NING SUV 
SHIMUVCHANLIGINI, NAMLIGINI, TO’KMA ZICHLIGINI VA CHAQIQ TOSH 
TARKIBIDAGI CHANG ARALASHMALARINI ANIQLASH. 
 
Vazifa. Xossalarini aniqlash. 
Qum uchun umumiy tushuncha va qo‘yiladigan texnik talablar. To‘ldirgichlar betonning 
asosiy qismi hisoblanadi. Ular beton hajmining 80-85% ini, binobarin, betonning qattiq skeletini 
tashkil etadi va shu bilan betonning qurib kichrayishini kamaytiradi hamda qurib yorilishining 
oldini oladi. To‘ldirgichlarning sifati og‘ir betonning texnik xossalariga juda ta’sir etadi. 
To‘ldirgichlar donalari (zarralari)ning yirik-maydaligiga qarab, mayda to‘ldirgich (qum) va yirik 
to‘ldirgich (chaqiqtosh) kabi xillarga ajratiladi. 
Og‘ir beton tayyorlashda mayda to‘ldirgich sifatida tabiiy qum ishlatiladi, qum pishiq tog‘ 
jinslarining tabiiy ravishda emirilishidan hosil bo‘lgan, yirik-maydaligi 0,14-5 mm keladigan 
zarralardan iborat sochiluvchan materialdir. Tabiiy qumlar joylashishiga qarab, daryo qumi
dengiz qumi va jarliklar (tog‘) qumi degan nomlar bilan yuritiladi. Daryo va dengiz qumlarining 
zarralari shaklan dumaloq, jarlik (tog‘) lar qumining zarralari esa o‘tkir qirrali bo‘ladi, bunday 
zarralar beton bilan yaxshi tishlashadi. Biroq jarliklar qumida zararli aralashmalar dengiz va 
daryo qumlaridagiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. 
1- ISH. QUMNING O‘RTACHA TO‘KMA ZICHLIGINI ANIQLASH 
Ta’rif. Qum 10 sm balandlikdan idishga erkin tushganligi va o‘sha massani hajmga 
bo‘linganligi qumning to‘kma zichligi deyiladi. 
Asbob va uskunalar. 1 l hajmli idish, quritish javoni, tarozi, lineyka. 
Ishlash tartibi. Betonning tarkibini hisoblash, qum zarralari orasidagi bo‘shliqlar hajmini 
aniqlash, shuningdek, qumni tashib keltirish, to‘ldirgichlar saqlanadigan omborlarni loyihalash va 
shu kabilar bilan bog‘liq hisoblash uchun qumning to‘kma zichlignni bilish kerak. To‘kma 
zichlikni aniqlash uchun og‘irligi 5 kg bo‘lgan o‘rtacha namuna quritish javoniga joylanib, 
massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha 110±5°S haroratda quritiladi. So‘ngra ko‘zlarining diametri 
5 mm keladigan g‘alvirdan o‘tkaziladi, sovitiladi, keyin massasi aniqlangan 1 l sig‘imli metall 
silindrga 10 sm balandlikdan kurakcha bilan oz-ozdan tashlab turiladi, silindr limmo-lim to‘lgach, 
uyulib turgan ortiqcha qum metall yoki yog‘och chizg‘ich bilan tekislanadi, bu vaqtda silindrni 
mutlaqo silkitmaslik kerak, aks holda qum zichlashadi. Qumga to‘la silindr tarozida tortiladi. 
Qumming to‘kma zichligi formula yordamida hisoblanadi va natija jadvalga to‘ldiriladi
№ 
Massa, g 
Idish hajmi, 
sm
3
To‘kilgan o‘rtacha 
zichlik, g/ sm

idish 
idish bilan qum 
qum 


To‘kilgan qumning o‘rtacha zichligining o‘rtacha qiymati . . . kg/m
3
Hisoblash formulasi:
V
m
m
q
2
1



Bu erda: 
1
qum to‘ldirilgan silindrning massasi, g; 
2
bo‘sh o‘lchash silindrining massasi, g; 

V
silindrning hajmi, sm
3

O‘rtacha to‘kma zichlikni aniqlash rasmi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling