6-laboratoriya mashg`uloti beton uchun mayda to’ldiruvchilarning xossalari. Qumning xossalarini aniqlash. To`Kma zichlik, zichlik, zarralar orasidagi bo`shliq. Betonlar uchun yirik to’ldirgich chaqiq tosh(shag’AL)ning xossalari


- ISH. QUM TARKIBIDAGI ORGANIK ARALASHMALARNI ANIQLASH


Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana04.04.2023
Hajmi0,49 Mb.
#1325119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 (3)

6- ISH. QUM TARKIBIDAGI ORGANIK ARALASHMALARNI ANIQLASH 


Umumiy tushunchalar. Organik aralashmalardan (chiqindilardan) organik kislotalar 
ajralib chiqadi, ular sementtoshni emirib, betonning mustahkamligini pasaytiradi. 
Ishlash tartibi. Organik aralashmalar miqdorini, qumga rang berish yo‘li bilan 
aniqlanadi. Tabiiy namlik darajasi o‘zgarmagan qumdan 250 g olinadi. U 250 ml hajmli shisha 
silindrga solinadi. Qumning sathi o‘lchangan silindrning 130 ml bilan ko‘rsatib qo‘yilgan 
belgisiga etib turishi lozim, so‘ngra silindrga, uning 200 ml belgisiga etib turadigan qilib 
o‘yuvchi natriyning 3% li eritmasi (NaOH) quyiladi. Qum shisha tayoqcha yordamida 
aralashtiriladi va 24 soat tindirib qo‘yiladi. SHu muddatdan so‘ng qumning tepasidagi eritma 
rangi etalon eritma rangiga solishtiriladi. Etalon eritma rangi achchiq qilib damlangan choy 
rangidan farq qilmaydi. Qum tepasidagi suyuqlik hech qanday rang tus olmagan bo‘lsa yoki 
rangi etalon eritma rangidan to‘qroq bo‘lmasa bunday qum betonga ishlatishga yaroqli 
hisoblanadi.
menzurkaning hajmi - ........ml (sm
3
) reaktiv turi- 
Etalon tarkibi- 1% li etil spirti, 2% li eritmasidan 2,5 ml olinadi, unga o‘lchovli natriyning 3% li 
eritmasidan 97,5 ml aralashtiriladi, aralashma 250 ml sig‘imli idishda 24 soat saqlanadi, 24 
soat saqlangandan keyin tayyor bo‘lgan etil eritmasidan foydalanish mumkin. 
qumning hajmi- reaktivning hajmi- 
saqlash muddati- qum ustidagi eritmaning rangi- 
 
7- ISH. QUM TARKIBIDAGI MAYDA-YIRIK ZARRACHALAR MIQDORI VA 
YIRIKLIK MODULINI ANIQLASH 
Yiriklik moduli bo‘yicha qumning turlari. Qum yirik-maydalik moduli bo‘yicha quyidagi 
turlarga bo‘linadi: 1,0–1,5 mm gacha juda mayda qum, 1,5–2,0 mm gacha mayda qum, 2,0–2,5 
mm gacha o‘rtacha qum, 2,5–5 mm gacha yirik qum hisoblanadi.
Asbob va uskunalar. Elaklar, tarozi. 
Ishlash tartibi. Qumning zarraviy tarkibini bilish uchun uni elab ko‘rish kerak. Massasi 2 
kg keladigan o‘rtacha namuna avval quritiladi, so‘ngra dumaloq ko‘zli va ko‘zining diametri 5 
hamda 10 mm bo‘lgan g‘alvirda elanadi. G‘alvirlardagi qoldiklar tarozida tortiladi, yirikligi 5-10 
mm bo‘lgan (Gr
5
) va 10 mm dan yirikroq zarralar miqdori (Gr
10
) quyidagi formula bo‘yicha 0,1% 
gacha aniqlikda hisoblab chiqariladi: 
;
100
5
5
m
m
Гр


;
100
10
10
m
m
Гр


bu erda: Gr
5
 - 5 va 10 mm yiriklikdagi qum zarralari miqdori, %;
Gr
10
 – 10 mm dan yirik qum zarralari miqdori, %;
t - namunannng massasi, g;
t
5
, t
10
 - ko‘zining diametri 5 mm va 10 mm bo‘lgan g‘alvirdagi qoldiq, g. 
 
Ko‘zlari 5 mm diametrli g‘alvirdan o‘tgan namunadan 1000 g tortib olinadi va ko‘zlarini 
o‘lchami kamaya borishiga qarab muayyan izchillikda ustma-ust o‘rnatilgan g‘alvirlardan 
o‘tkaziladi. Bunda ko‘zlari dumaloq va diametri 2,5 mm bo‘lgan g‘alvir eng ustida bo‘lishi, 
ko‘zlari kvadrat, o‘lchami 1,25; 0,63; 0,315 va 0,14 mm li g‘alvirlar birin-ketin joylashishi lozim. 
G‘alvirdan toza qog‘ozga 1 minut mobaynida tushgan qum miqdori namuna umumiy massasining 
0,1% idan oshmasa, elash jarayoni nihoyasiga etgan hisoblanadi. G‘alvirlardagi qoldiqlar 
tarozida tortiladi va har bir g‘alvirdagi xususiy qoldiq quyidagi formula yordamida 0,1% 
aniqlikda hisoblanadi: 
;
100
m
m
а
i
i


bu erda: a
1
-g‘alvirdagi xususiy qoldiq, %;
t
i
-berilgan g‘alvirdagi qoldiqning massasi, g;
t-elangan namuna qumning massasi, g. 


So‘ngra har bir g‘alvirdagi to‘la qoldiq 0,1% gacha aniqlikda hisoblab topiladi. To‘la 
qoldiq A
i
ko‘zlari katta diametrli hamma g‘alvirlardagi xususiy qoldiqlar bilan belgilangan 
g‘alvirdagi qoldiqning umumiy yig‘indisi sifatida quyidagi formuda yordamida aniqlanadi: 
i
i
a
a
A



....
5
,
2
 
bu erda: a
2,5
+..+a
i
 - ko‘zlari 2,5 mm diametrli g‘alvirdan boshlab barcha g‘alvirlardagi xususiy 
qoldiqlar, %;
a

 - belgilangan g‘alvirdagi xususiy qoldiq %. 
ajratilgan o‘rtacha qum – ......kg 5 va 10mm zarrachalar miqdori -.......g. 
sinash uchun olingan qumning massasi -.......kg 
Elaklar ko‘zining 
o‘lchami, mm 
Elakdagi ayrim qoldiq, «a» 
Elakdagi to‘la 
qoldiq,«A» 
Texnikaviy talablar 
bo‘yicha to‘la qoldiq, % 


2,5 
0-20 
1,25 
15-45 
0,63 
35-70 
0,315 
70-90 
0,14 
90-100 
0,14mm elakdan o‘tgani
Jami: 
1-rasm. Qumning mayda-yirikligini ifodalovchi grafik. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling