6-ma’ruza: amir temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat reja


Download 320.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana09.06.2023
Hajmi320.46 Kb.
#1469408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-мавзу

Madrasalar faoliyati. Temur va temuriylar davrida madrasa oliy ma’lumot beradigan 
markaz vazifasini bajargan. Movarounnahr va Xurosonda asosan davlat va davlatmand 
shaxslarning mablag‘lariga qurilgan ko‘plab madrasalar bor edi. Madrasada ilohiyot bilan birga 
dunyoviy fanlar: qonunshunoslik (fiqh), mantiq, matematika (riyozat), geometriya (handasa), 
falakiyot, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya, adabiyot, she’riya (ilmi aruz), arab tili va uning 
morfologiyasi (qofiya) o‘qitilgan. Madrasada eng yetuk mutaxassislar dars berishgan. Ularga 
alohida ish haqi to‘lanar edi. 1404-yilda Saroymulkxonim Samarqandda shunday madrasa 
qurdirgan ediki, u o‘z hashamati bilan o‘sha davrdagi boshqa inshootlardan ajralib turardi. Unda 
o‘z davrining mashhur olimlari mudarrislik qilganlar. Hirot hududining o‘zidagina 36 ta madrasa 
bo‘lib, bu madrasalarda va shu hududda joylashgan xonaqohlarda ta’lim olish uchun turli 
mamlakatlardan talabalar kelar edilar. Hirot tevaragida joylashgan amir Feruzshoh madrasasi va 
xonaqohi ayniqsa shuhrat qozongan edi. Injil anhori bo‘yida joylashgan Ixlosiya madrasasi va 
Xalosiya xonaqohi Husayn Boyqaro hukmronligi davrida barpo qilingan. O‘qitish tanlov asosida 
olib borilib, har oylik tanlovda bo‘sh talabalar tushirib qoldirilib, o‘qishni faqat kuchlilar davom 
ettirishgan. Ulug‘bek farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda, 1433-yilda 
G‘ijduvonda madrasalar qad ko‘taradi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga “Bilim olish har 
bir musulmon ayol va erkakning burchidir”, degan xitobnoma o‘yib yozib qo‘yiladi. 
Movarounnahrning bu uchta qadimiy shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan, Samarqand 
madrasasi zamonasining dorilfununi edi. O‘sha davrda Samarqandda Ulug‘bek madrasasidan 
tashqari Xonim, Qutbiddin Sadr va Muhammad Sadr madrasalari ham mavjud edi. 
Temuriylar davrida yaratilgan maqbara, din arbobi va ruhoniylar qabrini o‘z ichiga 
oluvchi panjara-xazira, avliyolar qadamjolari, dahmalar alohida guruhni tashkil qiladi. Sa-
marqandda Amir Temur davrida shayx Burxoniddin Sog‘arjiy xilxonasi - Ruhobod maqbarasi va 
temuriylar xilxonasi - Go‘ri Amir mahbarasi, shuningdek, Shohizinda majmuasida peshtoqli 
maqbaralar guruhi quriladi. 
Mirzo Ulug’bek davrida ijodiy izlanishlar samarasi dahmalarning me’moriy ko‘rinishiga 
ham ta’sir o‘tkazadi. Shohizinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara va hozirgacha Qozizoda 
Rumiy maqbarasi deb kelinayotgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, kimligi noma’lum) 
maqbara quriladi. Mirzo Ulug’bek Buxoro, G‘ijduvon, Shahrisabz, Termiz, Toshkentda ham 
noyob imoratlar qurdirgan. Ammo qurilish miqyosi va bezaklar bo‘yicha Samarqanddagi 
obidalar ustunlik qilardi. Toshkentda Zangi ota maqbarasi va Shayhontohur majmuasi bo‘lib, 
uning tarkibidagi Qaldirg‘ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi yarmiga mansub. 
Amir Temur davrida tuzilishi va miqyosi bo‘yicha ulkan inshoot - Turkiston shahrida 
Axmad Yassaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon Sharqining me’moriy 
yodgorliklari orasida eng noyobidir. 

Download 320.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling