6-ma’ruza: amir temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat reja
Download 320,46 Kb. Pdf ko'rish
|
6-мавзу
Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi, ustozi va do‘sti edi. Ularning do‘stligi
va hamkorligi o‘zbek va qardosh xalqlar do‘stligi va hamkorligining yorqin timsolidir. Tarixchilar. Tarix ilmining yirik namoyondalaridan biri Mirxond (1438–1498) bo‘lib, uning haqiqiy ismi Muhammad Xovandshoh ibn Mahmuddir. U Balxda tug‘ilgan bo‘lsa-da, umrining deyarli ko‘p qismini Hirotda o‘tkazadi. Mirxondning ota-bobolari asli buxorolik bo‘lib, fiqh ilmida zamonasining yetuk olimlari sifatida shuhrat topganlar. Mirxond haqida ma’lumotlar juda kam. U haqda ayrim ma’lumotlar nabirasi Xondamir tomonidan yozib qoldirilgan: “Padarpanoh janob amir Xovand Muhammad yigitlik chog‘larida turli ilmlarni tahsil etish va nafis fazilatlarni kamoliga yetkazish yo‘lida tirishqoqlik va zo‘r mehnat qildi…qisqa vaqt ichida bilimdonlikda zamon fozillarining peshqadami bo‘lib oldi. U (ko‘proq) tarix ilmini kasb qildi va jahon ahvolini hamda osori atiqalarini tahqiq qilishga kirishdi. Oliyjanob xotirani tez fursat ichida bu fanni egallashdan forig‘ qildi, ammo fe’l-u atvori maishat ahli bilan qo‘shilishga yo‘l bermadi, zavq-u shavqqa berilmadi… Dars berish va amru ma’rifatga ishtiyoq uning ravshan xotirida aslo ko‘rinmadi. Ammo (bu hol) … orzu va omonlikning qiblagohi, ya’ni oliyjanob Sulton (Husayn) hazratlari yaqin do‘sti (Amir Alisher Navoiy)ning huzurlariga borganicha va uning har turli navozish, marhamat, iltifot hamda muruvvatlarini topgunlaricha davom etdi”. Mirxond Alisher Navoiyning ko‘rsatmasi va homiyligi bilan “Ravzat us-safo” (“Jannat bog‘i”) asarini yozadi. Xondamirning ta’kidlashicha, ushbu asar Mirxond tomonidan tugatilmagan. Asar Xondamir tomonidan yozib tugatilgan. “Ravzat us-safo” asari dunyoning yaratilishidan to 1523-yilgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan. Mirxondning bu asari Sharq mamlakatlarida katta shuhrat qozonadi. Dunyo kutubxonalarida “Ravzat us-safo” asarining ko‘pgina qo‘lyozma nusxalari mavjud. Yevropada Mirxondning asari ancha vaqtgacha Sharq tarixi bo‘yicha muhim manba bo‘lib xizmat qilgan. Mirxondning nabirasi Xondamir (1475– 1535) ham o‘z davrining mashhur tarixchisidir. U hazrat Alisher Navoiyning shogirdi edi. Xondamir 15-16 yoshlarida Alisher Navoiyning diqqat-nazariga tushadi va uning vafotiga qadar ulug‘ shoirning yonida bo‘lib, uning kutubxonasiga boshchilik qiladi. Xondamir o‘zining keng 12 ma’lumoti, ilm-fanga intilishi bilan ulug‘ olim va mutafakkir shoirning hurmat-e’tiborini qozonadi. Navoiy Xondamir haqida “Majolis un-nafois” asarida quyidagilarni yozib qoldirgan: “Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir va salohiyatli yigitdir. Tarix ilmida moharati bordir”. Xondamir sermahsul olim edi. U tarixga oid o‘nga yaqin asarlar yozib qoldirgan. Download 320,46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling