6-ma’ruza: amir temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat reja


Sultonali o‘ymakorlik san’atida ham mohir bo‘lgan. U xattotlik san’ati turlari haqida maxsus  asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy


Download 320.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana09.06.2023
Hajmi320.46 Kb.
#1469408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-мавзу

Sultonali o‘ymakorlik san’atida ham mohir bo‘lgan. U xattotlik san’ati turlari haqida maxsus 
asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy “Qiblat ulkuttob” (Kotiblar qiblasi) va “Sulton ul-
xattotin” (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi. 
Samarqand va Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgandi. Kutubxona ishlariga 
kutubxona dorug‘asi yoki kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo‘l ostida xattotlar, naqqoshlar-u 
musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurtmalarni bajarganlar. Masalan, Hirotda 
Ulug‘bekning ukase Boysung‘ur kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar 
qo‘lyozma asarlardan nusxalar ko‘chirish va ularni bezash bilan band bo‘lgan. 1429-yilda bu 
kutubxonada Abulqosim Firdavsiyning mashhur “Shohnoma” dostoni ko‘chirtirilib, u 20 ta turli 
mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan. Husayn Boyqaro va Alisher 
Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan boyitishga g‘amxo‘rlik qiladilar.
Tasviriy san’at. XV asrda ulkan yutuqlarga erishgan tasviriy san’at – portretlar, hayotiy 
lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo‘lgan. 
Siymolar qiyofasi tasvirlari orasida Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotifiy, Behzod, Husayn 


13 
Boyqaro, Bobur va boshqalarning tasvirlari bizgacha saqlanib qolgan. Musavvirlar bu tarixiy 
shaxslarning tashqi qiyofasini aniqroq va mukammalroq tasvirlashga, ayrim hollarda hatto 
ularning ma’naviy dunyosini ochishga intilganlar. Masalan, mashhur rassom Mahmud 
Muzahhib tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida shoir hassaga tayangan, uning qomati 
birmuncha bukchaygan, qarashlarida ham horg‘inlik alomatlari, ham ulug‘vorlik va oliyjanoblik 
ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.
Kamoliddin Behzod (1455–1536) XV asr tasviriy san’atining ulug‘ namoyandasidir. U 
musavvirlikda “Hirot maktabi” deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi bo‘ldi. 
Behzod o‘z davrida Moniyi Soniy (Ikkinchi Moniy) deb ulug‘langan. U ustoz san’atkor sifatida 
O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o‘lkalar tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali 
ta’sir etdi. Behzodning ijodi xilma-xil mazmunga ega bo‘lib, u tarixiy siymolar (Husayn 
Boyqaro, Shayboniyxon, Alisher Navoiy) portretlaridan tortib to serjilo hukmdor saroylaridagi 
qabul marosimlari va jang maydoni manzaralarigacha haqqoniy va ta’sirli qilib bera olgan. 
Ayniqsa, Dehlaviyning “Layli va Majnun” dostoniga bag‘ishlangan uning lirik manzaralari yoki 
Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang 
tasvir etilgan miniaturalari nihoyatda jozibador va ta’sirchandir.
Behzod an’analari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning ijodi va 
merosi san’atshunoslar, rassomlar tomonidan keng o‘rganiladi. Behzod nomini abadiylashtirib, 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
Download 320.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling