6-ma’ruza: amir temur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat reja


Xondamir o‘zining o‘lmas tarixiy asarlari bilan ko‘p asrlik madaniyatimiz xazinasini boyitdi va  ilm-fan tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Xondamir


Download 320.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana09.06.2023
Hajmi320.46 Kb.
#1469408
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-мавзу

Xondamir o‘zining o‘lmas tarixiy asarlari bilan ko‘p asrlik madaniyatimiz xazinasini boyitdi va 
ilm-fan tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Xondamir o‘z asarlarida xalqimizning o‘tmish tarixi va 
voqea-hodisalarini go‘zal qilib tasvirlagan. Ayniqsa uning “Habib us-siyar” asari O‘rta Osiyo va 
Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini 
o‘rganishda muhim va qimmatli manbalardan biri hisoblanadi. 
XIV-XV asrlar O‘rta Osiyo xalqlarining musiqa san’ati taraqqiyotida ham yangi bosqich 
bo‘ldi. Yangi qo’y va qo‘shiqlar, cholg‘u asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. 
Mahoratli sozandalar, bastaqorlar va hofizlar yetishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad 
Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G‘ijjakiy, Ahmad Qonuniy, Hoja Yusuf Andijoniy, ustod 
Shodiy, Najmiddin Kavkabiy kabilar shular jumlasidandir. Mirzo Ulug’bek, Jomiy, Navoiy va 
Binoiylar musiqa ilmiga oid asarlar yozib, yangi qo’ylar ijod qildilar. IX-XII asrlarda 
shakllangan 12 maqom bu davrda taqomillashdi. Shuningdek, keng ommaga mo‘ljallangan 
teatrlashgan tomoshalar - xalq sayllarida mas’harabozlar, qo‘g‘irchoqbozlar, dorbozlar o‘z 
san’atini namoyish qilgan. 
Shunday qilib, O‘rta Osiyoda Temuriylar davrida madaniyat yuksak rivojlandi va kamol 
topdi. XIV-XV asrlardagi Movarounnahr va Xurosondagi madaniy taraqqiyotning tamal toshi 
buyuk sohibqiron Amir Temur tomonidan qo‘yildi. 
Hozirgi zamon fani Amir Temur va temuriylar davrini haqiqiy Renessans – Uyg’onish 
davri deb e’tirof etmoqda. Zero, bu davrda o‘tmish davrlar tajribalarini ijodiy o‘zlashtirishga va 
yangicha yondashuvlarga, olimlar, me’mor va hunarmandlar, miniatyurachi rassomlar, shoirlar, 
musiqachilar, yangi davr tomosha san’ati vakillari oldida to’rgan masalalarni hal etishda jiddiy 
yangiliklar kiritishga asoslangan eng yaxshi an’analar tiklandi. 
Kitobat san’ati. XV asrda kitobat san’ati, ya’ni qo‘lyozma asarlarni ko‘chirib yozish va 
u bilan bog‘liq bo‘lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda 
yaxshi taraqqiy etadi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob 
yaratish va uning nusxalarini ko‘paytirish og‘ir mehnat va ko‘p vaqt sarf etiladigan nihoyatda 
mushkul ish bo‘lgan. Har bir kitob qog‘ozidan tortib muqovasigacha, siyohidan tortib to 
bo‘yoqlari-yu zarhaligacha ma’lum qoida asosida tayyorlanar edi. Xattot bo‘lish uchun uzoq 
vaqt sabr-matonat va ishtiyoq bilan mashq qilish, mukammal savodli, badiiy didi baland kishi 
bo‘lishi lozim edi. Mohir xattotlar o‘z usuli va uslubini shogirdlariga o‘rgatardi. Shu tariqa 
xattotlik an’analari davom ettirilar va rivojlantirilar edi.
Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330–1404) nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi 
xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432–1520) edi. Sultonali 
tomonidan ko‘chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko‘pgina qit’alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. 

Download 320.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling