6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana02.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1147900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)

10Base-2 standarti. 10Base-2 standartida uzatuvchi muhit sifatida ingichka 
Ethernet koaksial kabeldan foydalaniladi. Takrorlovchisiz segmentning maksimal 
uzunligi 185 metrni tashkil qilib, segment oxirida 50 Omli terminator qo’yiladi. 


86 
Ingichka koaksial kabel shovqindan yaxshi himoyalanmagan, mexanik jihatdan 
mustahkam emas va bir muncha tor o’tkazuvchan yo’lakka ega.
Stansiya kabelga yuqori chastotali uch tarmoqli (ya’ni bir tarmog’i tarmoq 
adapteri bilan qolgan ikki tarmog’i esa kabellarga ulanadigan) T-konnektor 
yordamida ulanadi. Bitta segmentga ulanuvchi maksimal segmentlar soni – 30 ta. 
Stansiyalar orasidagi eng kam masofa 1 m. bo’lib, kabelning har 1 metriga 
bog’lamalarni ulash uchun maxsus belgi qo’yiladi. 
10 Base-2 standartida 5-4-3 qoidasi bo’yicha takrorlovchilardan foydalanish 
mumkin. Bunda tarmoq 5x185 = 925 m. maksimal uzunlikka ega bo’ladi. Bu cheklov 
Ethernet standartining 2500 m. cheklovidan ancha kuchli hisoblanadi. Ethernet 
tarmog’ining qoidasi bo’yicha 1024 tadan ortiq bog’lama bo’lmasligi kerak, 10Base-
2 standarti esa segmentga ulanuvchi stansiyalarni 30 taga, yuklamali segmentlar 
sonini 3 taga cheklaydi. Shuning uchun ham 10Base-2 tarmog’ida bog’lamalar soni 
29x3 = 87 tadan oshmasligi zarur. 
10Base-2 standarti 10Base-5 standartiga juda yaqin hisoblanadi, faqat unda 
transiverlar tarmoq adapteri bilan birlashtirilgan. Bunda ingichka koaksial kabel 
kompyuter shassisiga ulangan tarmoq adapterining chiqish raz’yomigacha boradi. 
Ushbu holatda tarmoq adapterida «osilib» turadi, bu esa kompyuterlarni fizik jihatdan 
joyini o’zgartirishni qiyinlashtiradi. 10Base-2F standart tarmog’ining odatdagi bitta 
kabel segmentidan iborat tarkibi 6.2-rasmda ko’rsatilgan. 
Bunday standartni amaliyotga tadbiq qilish kabelli tarmoq uchun oddiy yechim 
hisoblanib, tarmoqqa kompyuterni ulash uchun tarmoq adapteri, T-konnektor va 50 
Om qarshilikdan iborat terminator kerak bo’ladi. Kabelli bog’lanishning bunday turi 
avariya va buzilishlarga moyilligi kuchli bo’ladi. Ingichka kabel yo’g’on kabelga 
nisbatan shovqinni qabul qiluvchanlik xususiyati yuqori hisoblanadi. Monokanalda 
ko’p mexanik bog’lanishlar bo’ladi, bunda: har bir T-konnektor uchta mexanik 
bog’lanishni berib, shundan ikkitasi tarmoq hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. 
Foydalanuvchilar murojaatlari raz’yomlar orqali kira olishi mumkin. Bu esa 
monokanal to’liqliligini buzadi. 
Терминатор 
50 ом 
RG58C/U кабели 
BNC 
T-коннектор 
6.2-расм. 10 Base-2 стандартидаги тармоқни ташкил этиш 


87 
10Base-5 va 10Base-2 standartlarining umumiy kamchiligi - monokanalning 
holati haqidagi operativ axborotning mavjud emasligida. Bunday tarmoqlarda kabel 
shikastlangani darhol aniqlanadi (tarmoq ishlamay qoladi), lekin shikastlangan 
kabelni topish uchun maxsus qurilma – kabel testeri kerak bo’ladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling